Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

“Anhor-Lokomotiv” bog`ida Yangi yil bayramiga qizg`in tayyorgarlik ko`rilmoqda(Foto)




O`zbekistonning asosiy archasi 2016 yilda odatdagidek Mustaqillik maydoniga emas, balki poytaxtdagi “O`zbekiston temir yo`llari” AJga qarashli “Anhor-Lokomotiv” bog`i hududiga o`rnatilishi haqida xabar bergan edik. 

 “O`zbekiston temir yo`llari” AJ Yangi yil bayramini o`tkazish uchun bog` hududida olib borilayotgan ishlar haqida ma`lumot berdi.

Xalq sayli o`tkaziladigan maydondan avtoturargohga chiqib ketish mumkin. Bu tashrif buyuruvchilar uchun qulaylik yaratadi. 




Kelayotgan Yangi yil bayramiga tayyorgarlik ishlari bog` hududida keng ko`lamda olib borilmoqda. 



Bog` markazida 15 metrli archa o`rnatilmoqda. Shuningdek, bog`da Yangi yil sovg`alari va suvenirlar yarmarkasi tashkil etiladi, bolalarni esa sevimli multqahramonlar kiyimidagi animatorlar xushnud etadi.



Dam olish joylari ham ochiq osmon ostida, ham yopiq binolarda mavjud. Jumladan, bog`da restoran, bir qancha qahvaxona, bolalar o`yin maydonlari, shuningdek, 320 tomoshabinga mo`ljallangan yozgi teatr bor.



Joriy mavsumda eng ko`p odam tashrif buyuradigan usti yopiq zonada esa interaktiv ko`ngilochar attraksionlar va hordiq muassasalari joylashgan. Kartodromdan tashqari, bu erda o`yin markazlari mavjud. Kvest-Rum, Lazer-Tag, labirint, tir (ikki turdagi), Dahshat xonasi, o`yin avtomatlari, qahvaxonalar va do`konlar shular jumlasidandir.




Bayram kunlari bog`da imtiyozli dastur hamda bolalar va yoshlar uchun chegirmalar tizimi amal qiladi. Masalan, talabalar va kollej o`quvchilari guvohnomalarini ko`rsatsa, ularga 25 foizlik chegirma taqdim etiladi. Bo`yi 130 santimetrdan past bo`lmagan 9–14 yoshdagi maktab o`quvchilariga bolalar kartingi uchun 25 foizlik chegirma taqdim etiladi. Bundan tashqari, to`rt kinozalda Yangi yil filmlari premeralari namoyish etilib, u erda ham chegirmalar tizimi ishlaydi.



Bog` hududida 300 ta avtomobilga mo`ljallangan avtoturargoh mavjud.


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3657 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Anhor-Lokomotiv
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
NuR_KR Wooow B)
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 09:25
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное