Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Apple kapitalizatsiyasi 3 trln dollarga yetgan dunyodagi birinchi kompaniyaga aylandi. Uning bozor qiymati Germaniya fond bozorlari hajmidan

Apple bozor qiymati 3 trillion dollarga yetgan dunyodagi birinchi kompaniyaga aylandi. Bu haqda Nyu-York fond birjasidagi savdo ma’lumotlariga tayanib, Meduza xabar berdi.

2022-yildagi ilk savdo kunining o‘rtasida Apple aksiyalari qariyb 3 foizga qimmatlashgan — qimmatli qog‘oz uchun 182,86 dollar. Keyinroq iPhone ishlab chiqaruvchining aksiyasi 182 dollardan tushib ketgan, natijada kompaniya kapitalizatsiyasi 3 trillion dollarlik marradan biroz tushgan.

2020-yilning avgust oyida Apple kapitalizatsiyasi tarixda birinchi bor 2 trillion dollardan oshgandi. Kompaniyaga 3 trillion dollarlik marrani zabt etish uchun 16 oyga yaqin vaqt kerak bo‘ldi. Bloomberg’ning yozishicha, bu butun Germaniya fond bozorlari hajmi yoki Buyuk Britaniya iqtisodiyotidan ko‘p demak.

Eslatib o‘tamiz, Apple 2019-yilning fevralida kapitalizatsiya bo‘yicha Microsoft’ni ortda qoldirgan edi. O‘shanda kompaniyaning kapitalizatsiyasi 806,6 milliard dollarni tashkil etgandi. Shu yilning yanvarida Alphabet’ning umumiy qiymati 1 trillion dollarga yetgan edi. 2020-yilning iyunida Apple kapitalizatsiya 1,5 trillion dollardan oshgandi.



Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 953 | Рейтинг: 0| Рейтинг: dollarga, kapitalizatsiyasi, trln, yetgan, Apple
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 00:19
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное