Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

AQSh dunyoda birinchi bo‘lib Xitoyni uyg‘urlarga nisbatan genotsidda aybladi. Konslagerlardagi millionlab odamlar, qiynoqlar va majburiy ste
AQSh Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur muxtor tumanidagi uyg‘urlarga nisbatan xatti-harakatlarini genotsid va insoniyatga qarshi jinoyat deb atadi. Bu haqda Axios nashri AQSh davlat kotibi Mayk Pompeoga tayanib ma’lum qildi,  deb yozadi  Meduza. 

“Mavjud faktlarni puxtalik bilan o‘rganib chiqib shunday xulosaga keldimki, kamida 2017-yil martidan buyon Xitoy xalq respublikasi (XXR) Xitoy Kommunistik partiyasi rahbarligida va nazorati ostida Shinjonda asosan musulmon bo‘lgan uyg‘urlar hamda boshqa etnik va diniy ozchilik vakillariga nisbatan insoniylikka zid bo‘lgan jinoyatlarni amalga oshirib kelgan”, — deyiladi Pompeoning bayonotida.

Shuningdek, Pompeoning Twitter’ida ham davlat kotibining “XXR Shinjonda genotsid va insoniylikka zid jinoyatlarni amalga oshirayotgani” haqidagi bayonoti paydo bo‘ldi.

Pompeoning ma’lum qilishicha, davom etib kelayotgan jinoyatlar qatoriga quyidagilar kiradi:

  • bir milliondan ortiq uyg‘urlarning o‘zboshimchalik bilan hibsda saqlanishi;
  • majburiy sterilizatsiya;
  • mahbuslarning qiynoqqa solinishi;
  • majburiy mehnat;
  • diniy e’tiqod erkinligi, fikr bildirish erkinligi va harakatlanish erkinligining cheklanishi.

Pompeo uyg‘urlarga nisbatan genotsid haqida o‘z vakolatlari tugashidan bir kun oldin e’lon qildi. Avvalroq uyg‘urlar genotsidi haqida AQShning saylangan prezidenti Jo Bayden ham aytib o‘tgan edi. Axios yozishicha, Donald Tramp ma’muriyati bu masala bo‘yicha Baydenning inauguratsiyasiga qadar qaror qabul qilish-qilmasligi noaniq bo‘lib qoldi.

AQSh Xitoyning uyg‘urlarga qarshi harakatlarini genotsid deb atagan birinchi mamlakat bo‘ldi. Oq uyning yuqori mansabli vakillari boshqa mamlakatlar ham tez orada AQShdan o‘rnak olishiga umid qilmoqda.

Uyg‘urlar va boshqa musulmon etnik guruhlar uzoq vaqtlardan buyon Xitoy kommunistik partiyasi tomonidan qattiq zug‘umlarga uchramoqda. Uyg‘urlarni ta’qib qilish 2009-yilda Shinjonning ma’muriy markazi Urumchidagi tartibsizliklardan keyin boshlandi, o‘shanda yuzlab odam halok bo‘lgandi. Ba’zi uyg‘urlar IShID terrorchilik guruhiga qo‘shilganidan keyin esa ta’qib yanada kuchaydi. XXR hukumati mintaqa aholisi ustidan ommaviy nazorat tizimini joriy qildi, shuningdek, ularning ko‘pchiligini lagerlarga yubordi. Musulmon uyg‘urlar, tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, xudojo‘ylikning har qanday belgilari uchun, shuningdek, agar chet elda qarindoshlari bo‘lsa yoki xorijga chiqish pasporti bo‘lsa, lagerlarga jo‘natilishi mumkin.

Rasmiy Pekin o‘z xatti-harakatlarini terrorizm va ekstremizm profilaktikasi deb oqlab, lagerlarni esa “professional tayyorgarlik” uchun joylar deb atamoqda.



Manba:daryo.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 2212 | Рейтинг: 0| Рейтинг:
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 11:03
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное