Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Aqto‘be shahrida to‘rt oyoqli chaqaloq dunyoga keldi

Aqto‘be shahridagi tug‘ruqxonalarning birida dunyoga kelgan egizak chaqaloqlarning biri 4ta oyoq bilan dunyoga keldi. Bu haqda “Nur.kz” nashri xabar bermoqda. Bu go‘dakning oyoqlari ikkita emas to‘rtta, ikki ortiqcha oyog‘i esa siydik qopi o‘rniga joylashgan. Shuningdek, unda yurak qon tomirlari parogi, orqa teshigi anomaliyasi bor.
 
Xabar berilishicha, chaqaloq 23 iyun kuni dunyoga kelgan, biroq OAVga bu haqda endi xabar berilmoqda. 25 iyun kuni go‘dak ustida uning siydik yo‘lini tiklash bo‘yicha ilk jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi va u omadli kechdi. Yaqin orada u yana bir qator jarrohlik amaliyotlarini boshidan o‘tkazadi, jumladan uning ikki ortiqcha oyog‘ini ham olib tashlash rejalashtirilmoqda.
 
“Homiladorlik davrida UZI va boshqa kerakli tekshiruvlardan o‘tganman, shifokorlar nazoratida bo‘lganman, biroq bolalarning birida mavjud anomaliya haqida menga hech kim hech narsa demagan”, deydi egizaklarning onasi.
 
Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 4 oyoqli chaqaloqning tug‘ilishi holati Aqto‘be shahrida avval kuzatilmagan. Shifokorlar bunday bolalar ona organizmidagi infeksiyalar, anemiya, ba’zi homiladorlar uchun ta’qiqlangan dori vositalarini qabul qilish hamda ekologiya tufayli tug‘ilishi mumkinligini aytishmoqda.
 
Bir necha kundan so‘ng, Aqto‘bedagi boshqa bir tug‘ruqxonada qo‘l va oyoqlaridagi barmoqlari bir-biri bilan jipslashib ketgan chaqaloq dunyoga kelgan. Shifokorlar uning qo‘llari va oyoqlarini ko‘proq “daraxt bargi”ga o‘xshashini aytishgandi. Ayni vaqtda bolakay shifokorlar ko‘rigidan o‘tmoqda. Mutaxassislar hozirda chaqaloqni operatsiya qilishga ehtiyoj yo‘qligini, bunday kasallik davolanishini, biroq bunga uzoq vaqt kerak bo‘lishini ta’kidlashmoqda.
Umida Yakubova


Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 10670 | Рейтинг: 0| Рейтинг: to‘rt oyoqli chaqaloq, dunyoga keldi, Aqto‘be
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 05:17
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное