Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Qo'rqmas - soundtreck (music)
. Jumong-soundtreck
. Vorislar - Some Other Day (serial korea)
. IRIS-soundtreck [New 2012]
. Tabib-He yo Jin hikyo (soundtreck koreya)
. Ishq Jodusi - Call My Name
. Tabib-Nadin kal kai (soundtreck koreya)
. Taqdir O'yini-Va Bank
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - music soundtreck
. Oppog'oy Zamonaviy talqinda-Белоснежка.2012 (soundtreck)
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Promise
. Ayol Qalbi - You can't say (english version)
. Dengiz hukumdori - Offical soundtreck
. Yoz Ifori-Soundtreck
. Choli Qushi-soundtreck
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

“Askarlarning ahvolini ko‘rib lol qolgandim”. Shavkat Mirziyoyev 2017-yilda sobiq mudofaa vazirini ishdan olishi sababini aytdi

Shavkat Mirziyoyev Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan majlisida 2017-yil mamlakat mudofaa vaziri Qobul Berdiyevni nega ishdan olgani haqida gapirdi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanalida namoyish etilgan “Menimcha” ko‘rsatuvida namoyish etildi.

Majlisda Qo‘shinlarning dala tayyorgarligi yagona markazlari hamda maxsus bo‘linmalar mutaxassislarini tayyorlash bo‘yicha mavjud baza va poligonlardan barcha kuch tuzilmalari to‘liq va samarali foydalanilmayotgani ta’kidlandi. Shavkat Mirziyoyev bu masalaga ma’muriy sektor rahbarlari — hokimlar jiddiy yondashmayotganini tanqid qildi.

Qurolli kuchlar oliy bosh qo‘mondoni bu masalaga to‘xtalar ekan, 2017-yili Kattaqo‘rg‘on poligonidagi vaziyat qanday bo‘lganini yodga oldi.

“2017-yil mudofaa vazirini Kattaqo‘rg‘onda ishdan olgan edim. O‘shanda Kattaqo‘rg‘ondagi poligonga borib, hayratdan lol qolgandim. Mudofaa vazirligi shunaqa ekanini men o‘zim ham bilmasdim. Askarlarning sharoitini ko‘rib, u yerdagi vaziyatni ko‘rib. Shu sabab vazirni ishdan olgandim. Hozir boringlar, qanday o‘zgarish bo‘lganini ko‘rasiz.

Sizlar sektor rahbari sifatida mudofaaga bo‘lgan munosabatingizni o‘zgartirishingiz kerak. Nomiga ish qilmanglar”, – dedi prezident hokimlarga qarata.

Ma’lumot uchun, Qobul Berdiyev 2008-yildan 2017-yilgacha Mudofaa vaziri bo‘lib ishlagan. Shavkat Mirziyoyev Qobul Berdiyevni 2018-yilda bo‘lib o‘tgan Xavfsizlik kengashining majlisida ham tanqid qilgan edi.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 1622 | Рейтинг: 0| Рейтинг:
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 07:44
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное