Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » FIKR MULOXAZA

Atir haqida antiqa 11 fakt

1.  Kichik shisha idishida atir ishlab chiqarish uchun juda ko‘p mahsulotlar ishlatiladi. Masalan, 5 mg yasmin guli moyini olish uchun 150 kg (2,5 million) yasmin guli kerak bo‘ladi.
2.  Atirning asosiy mahsuloti 20% ni tashkil qilsa, qolgan 80%  spirt bilan to‘ldiriladi.
3.  O‘rta darajadagi atir ifori 2–7 soatgacha yetadi. Qimmatroq parfyumlar esa bir sutkagacha saqlanishi mumkin.
4.  Atirlarning qadog‘idagi yozuvga ahamiyat bering. «Parfum» – eng sifatlisi, «Eau de Parfum» – sifat darajasi o‘rtamiyona, «Eau de Toilette» – hidi uzoq saqlanmaydigan atir turi, keyingi o‘rinlarda esa sprey va odekolon turadi. 
5.  Pardoz vositalari savdosida ekzotik iforli atirlar birinchi o‘rinda tursa, keyingi navbatda sitrus mevali, tropik o‘rmon o‘simliklari, dengiz ifori, so‘ng shirin ta’mli parfyumeriya vositalari turadi. 
6.  Har bir  atirda uch hil ifor ko‘rinishi mavjud. Dastlabkisi, atir idishini ochishingiz bilan dimoqqa uriladi. Keyingisi – uzoq saqlanuvchi hid turi, eng so‘ngisi esa atir idishida saqlanadigani hisoblanadi. 
7.  Atir tanlayotganda bir-ikki tomchisini qo‘l kaftiga tomizib, yengil ishqalang.
8.  Agar bu sprey ko‘rinishidagi ifor bo‘lsa, qo‘l yoki badanga sepib tajriba qilmang. Yaxshisi, havoga seping-da, ifor tarqalgan tarafga yuring. Havoga tarqalishiga ko‘ra hidini aniqlashingiz mumkin.
9.  Atir harid qilayotganingizda hamyoningizga ozroq qahva solib oling. Hid bilish sezgisi pand bersa, qahvadan hidlab, yana tanlovni davom ettirishingiz mumkin. 
10.  Harid qilingan atirni yorug‘lik nuridan panada, salqin haroratda saqlagan ma’qul.
11.  Yuvinganingizdan so‘ng, nam badanga atir sepib, so‘ng kiyinsangiz yoqimli hidi to‘g‘ri taqsimlanadi.


Категория: FIKR MULOXAZA
Просмотров: 5592 | Рейтинг: 0| Рейтинг: atir
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 05:22
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное