Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Avtobusning yonib ketishiga qo‘lbolla moslama va benzin sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda


Oqto‘ba viloyatining Irg‘iz tumanida kecha 19:00 da yonib ketgan avtobus qoldiqlarini ko‘zdan kechirish ishlari yakunlandi, deya xabar beradi “Kazinform” axborot agentligi. Avtobus korpusi jiddiy texnik ekspertizadan o‘tkazish uchun Oqto‘ba shahriga keltiriladi.

Viloyat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati matbuot xizmatiga ko‘ra, mazkur fojiada jinoyat alomatlari aniqlanmagan. Ayni paytda fojiada tirik qolganlarni so‘roq qilish, hodisa bilan bog‘liq barcha dalillarni o‘rganish ishlari davom etayotir.

Agentlik xabariga ko‘ra, mazkur hodisa munosabati bilan voqea joyiga yetib borgan O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri Rustam Jo‘raev Qozog‘istonning tegishli idora va tashkilotlariga ko‘rsatilgan yordam va hamkorlik uchun minnatdorlik bildirgan.

Qozog‘iston Respublikasi ichki ishlar vazirining o‘rinbosari Yerlan Turg‘umbaevning ma’lumot berishicha, avtobus ichidan qo‘lbola isitkich ham topilgan. Taxminlarga ko‘ra, mazkur moslamadan haydovchilar salonni isitish maqsadida foydalanishgan. Vazir o‘rinbosarining fikricha yong‘in ushbu moslamadan kelib chiqqan bo‘lishi ham mumkin.

Shuningdek, avtobus salonida katta miqdorda benzin ham yuklangani aniqlangan.

Eslatib o‘tamiz, kecha kechqurun 18 yanvar kuni avtobus halokati sababli halok bo‘lgan hamyurlarimizning jasadlari Toshkent xalqaro aeroportiga keltirilgan.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 4323 | Рейтинг: 0| Рейтинг: yonib ketishi, avtobus
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 01:08
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное