Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Ayol milliarderlarning oshig‘i olchi

Boy bo‘lish kundan-kunga osonlashib borayotgandek go‘yo... Har holda dunyoning turli nuqtalarida millioner va milliarderlar sonining ortib borayotganidan shunday tasavvur uyg‘onishi tabiiy..
ENG YoSh MILLIARDER AYoL

Hozir eng yosh milliarder ayol 24 yoshli Perenna Key bo‘lib, u Gonkongda istiqomat qiladi. Perennaning boyligi 1,3 milliard dollarga baholanib, u ko‘chmas mulk bozorida faoliyat olib boradi. U oliy o‘quv yurtini tamomlab, bakalavr darajasini olgan.
MILLIARDERLARNING 25 FOIZI AYoLLAR
Milliarder ayollar son jihatdan ham rekord o‘rnatishdi, hozirda ularning soni 172 nafarni tashkil etib, bu milliarderlarning umumiy ulushining 25 foizi degani. Milliarderlarning asosiy qismi Shimoliy Amerikada.
DUNYoNING ENG BOY AYoLI

Dunyoning eng boy ayoli AQShda yashaydi. U Kristi Volton bo‘lib, uning boyligi 2014 yilda 36,7 milliard dollarga baholangan. Shuningdek, u AQShdagi umumiy boylar orasida 6-o‘rinni, Forbes jurnali talqini bo‘yicha esa dunyoda 9-o‘rinni egallaydi. U turmush o‘rtog‘ining Wal-Mart tarmoq do‘konlaridagi ulushiga merosxo‘r.
ShARQ AYoLLARI UDDABURON ChIQIShDI
G‘arbda ayollar katta boylikni meros orqali olishni afzal ko‘rishsa, Sharqda ayollar o‘z boyliklarini asosan tadbirkorlik yo‘li bilan qo‘lga kiritishgan. Masalan, Gonkongda bunday ayollar soni 54,5 foiz, Xitoyda esa – 66,7 foizni tashkil qiladi. Ushbu foizlar aholi soni emas, milliarder ayollarning umumiy sonidan kelib chiqib hisoblangan. Bunday tafovut sababini Sharqning tobora rivojlanib borishi bilan bog‘lashmoqda. Boshqa tomondan mentalitetning ham ahamiyati borligini e’tiborga olish mumkin. 

HAMMA MILLIRADER BO‘LIShI MUMKIN
Avval ta’kidlaganimizdek, milliarder ayollarning eng katta qismi AQShda istiqomat qiladi. Uning ortidan Germaniya va Braziliya o‘rin olgan. Deyarli har bir odam qaerda yashamasin milliarder bo‘lishi mumkin. Bunda ko‘plab omillar inobatga olinadi, ya’ni insonning xarakteri va bilimi, mamlakat va dunyodagi iqtisodiy vaziyat, shuningdek, omad va mehnat.
BIROVNING KOMPANIYaSIDA BOYIGAN AYoL
Milliarder ayollarning yana bir vakili Sheril Sandbergdir. U Facebook kompaniyasida yuqori lavozimni egallaydi va u ilk bor «milliarderlar klubi» a’zosiga aylandi. Eng qiziqarlisi bu emas, gap shundaki, u o‘z boyligini o‘zining emas, birovning kompaniyasida orttirgan (statistikaga ko‘ra, aksariyat milliarderlar o‘z biznesiga ega).
AFRIKANING ILK MILLIARDER AYoLI

Nigeriyada ilk milliarder ayol paydo bo‘ldi. Bu Folorunsko Alakiya bo‘lib, u o‘zining marhum eridan 630 000 akr neft maydonini meros qilib oldi. Ushbu vaziyatdan so‘ng, u Afrikada muhim shaxsga aylandi qoldi.
2014 YIL REKORD YIL BO‘LDI
Yuqorida sanab o‘tilgan hodisalardan tashqari 2014 yil millionerlar uchun rekord yili bo‘ldi. WealthInsight kompaniyasi tahlilchilarining hisob-kitoblariga ko‘ra, AQShdagi millionerlar soni qariyb 500 ming kishiga yetdi. Bu ro‘yxatda 4-ko‘rsatkich. Uchinchi o‘rinni 10 foiz o‘sish yoki 1 590 kishi bilan Nigeriya egalladi. Ikkinchi pog‘onadan 17,1 foiz yoki 42,921 kishi bilan Hindiston joy oldi. Birinchi o‘rin esa Indoneziyada – ushbu mamlakatda millionerlar soni 22,1 foiz yoki 8,362 kishiga o‘sdi. Millionerlar soni bo‘yicha yetakchi mamlakatlar o‘ntaligiga Rossiya ham kirdi bu yerda o‘sish 4,8 foiz - 7,661 kishini tashkil qildi.
Kuzatuvchilarning fikricha, bunday o‘sish iqtisodiyotning tiklanishi bilan bog‘liq. Biroq mutaxassislar tanglik paytida boylar tezroq va ko‘proq boylik orttira olishini ta’kidlashadi. Demak boylik iqtisodiyotga bog‘liq yoki bog‘liqmasligini o‘zingiz hal qiling.


Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 5918 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Ayol milliarder
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 11:06
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное