Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Qirolicha - Soundtreck (Mishel xonim)
. Iyun Oqshomi - Yagmur (soundtreck)
. Oppog'oy Zamonaviy talqinda-Белоснежка.2012 (soundtreck)
. Saroy Javohiri-Soundtreck2
. Tabib-Na sarakiyo (soundtreck koreya)
. Muhabbat tantanasi - soundtreck
. Gulperi - Soundtreck music (Turk serial)
. Ko'sem - Beautiful (Turk serial)
. Sa Rasta Rastare-soundtreck (Indea)
. Qaqnus - Mal De music
. Tabib-He yo Jin hikyo (soundtreck koreya)
. Kuz ertagi-soundtreck
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Sensizlik
. Qirolicha - Soundterck
. Pazanda - Did You Forget (Soundtrack)
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

«Ayol» seriali qahramoni xudbin Shirin aslida qanday qiz?


Seray Kayaning «Ayol» serialidagi qahramoni Shirin tomoshabinlarda nafrat va g‘azab uyg‘otgani tabiiy. Ammo serialda bu obrazni gavdalantirgan Seray Kaya hayotda boshqa inson.

— Qahramoningizni tasvirlab beradigan beshta muhim sifat?

— Men Shirinning o‘ynayotgan rolini xira, nozik joyiga teginsa, xavfli tus olishi mumkin bo‘lgan, g‘azabini nazorat qilolmaydigan, titrab turadigan jingalak deb tasvirlashim mumkin (kuladi).

— Agar sizda qahramoningiz fe’lining biron jihatini olish imkoni bo‘lsa, qaysi birini tanlardingiz?

— Shirinning men olishni istaydigan biron jihati bo‘lishi mumkin, deb o‘ylamayman. Ammo javob berishim shart bo‘lsa, bu rasm chiza olish qobiliyati bo‘lsa kerak.

— Tasavvur qiling, siz o‘ynayotgan serial yoki spektakl taom, siz gavdalantirayotgan qahramon esa masalliqlardan biri. Sizningcha, siz ishtirok etadigan serial yoki spektakl qanday taomga o‘xshaydi? Agar sizning qahramoningiz bo‘lmasa, qaysi masalliq yetishmasdi?

— «Ayol» seriali achchiq-nordon sho‘rva, Shirin esa shu serialning nordonmazasi bo‘lardi (kuladi).

— Ilk sinovingiz esingizdami?

— Esimda. U paytda «Muhtasham yuz yil» serialiga kasting o‘tkazilayotgandi. Men esa yangi edim, hali ta’lim olishni boshlamagandim. Biz agentlikda o‘sha sinovni o‘zaro suratga oldik. Menga bu shunchaki tayyorlov sinovi ekanligini aytishsa ham, juda hayajonlanganman.

— Siz shu paytgacha suratga olish jarayonida sodir etgan eng kulgili xato?

— Eslolmayman. Men «eng» deb atay oladigan hech nima bo‘lmagan, menimcha. O‘z gaplarimizni aytayotganimizda, birdan tutilib qolsak yoki adashsak, kulamiz, albatta.

— Siz ishtirok etgan so‘nggi serial, film, spektakldagi qahramoningizning siz sevgan iborasi?

— Meni Sherif Erolning qahramoni Enverning Shiringa atalgan so‘zlari juda qattiq ta’sirlantirdi. «Bu dunyoda hamma narsani o‘zgartiradigan yagona narsa — bu sevgi, boshqa hech nima emas! Sevgi bo‘lmagan yurak esa — haqiqiy jahannam. Yuragida jahannam borlarni Alloh to‘g‘ri yo‘lga solsin!»

— Bitta qism/sahnada Shirin rolini jamoadan boshqa kimdir o‘ynaydi. Bu rolda siz kimni ko‘rishni istardingiz? Siz ham boshqa qahramonni o‘ynaysiz. Kimni tanlardingiz?

— Shirin rolini ovozlashtirish jamosidan Hasrettin o‘ynashini istardim. Suratga olish jarayonida bu borada ko‘p hazillashamiz. Men esa Doruk rolini o‘ynashni istardim (kuladi).

— Qarshingizda vaqt mashinasi turibdi. Qaysi davr va shaharga teleportatsiya qilishni xohlardingiz?

— Bu yoshda men 1990 yildagi Istanbulga borib qolishni xohlardim.

— Eng ahmoqona harakatingiz…

— Balandlikdan qo‘rqishimga qaramay, paraplanda uchganman. Bu juda zavqli bo‘lgandi (kuladi).

— Qanday seriallarni tomosha qilasiz va tomoshani qaysi zararli taomsiz tasavvur qilolmaysiz?

— So‘nggi paytlarda, afsuski, doimiy suratga olish ishlari tufayli boshqa seriallarni ko‘rishga vaqtim bo‘lmayapti. Faqat «Shaxs»ni biroz ko‘rdim va u menga juda yoqdi. Tomosha qilayotganda qo‘limda asosan, quritilgan qulupnay bo‘ladi (kuladi).

— Tongingizni bitta kitob dunyosida boshlaysiz, kunduzi serialga tushib qolasiz, oqshomingizni esa bironta film dunyosida o‘tkazasiz. Tanlovingiz?

— «Sening sayyorangda, — dedi kichkina shahzoda, — odamlar bitta bog‘da besh mingta atirgul yetishtirishadi… va izlaganlarini topisholmaydi», «Topisholmaydi, — ma’qulladim men», «Vaholanki, ularning izlaganlarini bittagina atirgulda, bir qultum suvda topish mumkin…», «Ha, albatta, — ma’qulladim men», Kichkina shahzoda aytdi: «Ammo ko‘zlar so‘qir. Qalb bilan izlash kerak».

Men kunimni «Kichkina shahzoda» bilan boshlardim, u yerdan «Sherlok» dunyosiga o‘tardim va kunimni «Ameli» bilan tugatardim.

— Aktyorlikning plyus va minuslari?

— Chidab bo‘lmaydigan jihati — hatto o‘zgacha kunlarda ham ishlashga to‘g‘ri kelishi. Shuningdek, ba’zida juda ko‘p ishlashimiz (kuladi). Plyusi esa — boshqa hammasi.

SEVINCh tayyorladi.



Manba:Hordiq.uz
Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 7298 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Ayol
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 16:27
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное