Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

«Ayol» serialidagi Sarp (Janer Jindoruk) haqida siz bilmagan haqiqatlar…


«Ayol» serialida Sarp rolini o'ynagan aktyor Janer Jindorukni tomoshabinlar italiyalik aktrisa Monika Belluchchi ishtirokidagi «Karkidonlar fasli» filmi orqali ham tanishadi.

Janer Jindoruk 1980 yil 2 aprelda Adana (Turkiya) da tug'ildi. Onasi — Musharraf, otasi — yozuvchi Zafer Doruk ikki marta O'rxan Kamol nomidagi yozuvchilar mukofoti bilan taqdirlangan.

Janerning ikki akasi — Munir Jan Jindoruk va Taner Jindoruk ham aktyor. Janer ularning ta'sirida aktyorlik olamiga qadam qo'yib, teatrdagi faoliyatini boshladi. Amakisi Erdal Jindoruk ham teatr aktyori.

Janerning bolaligi sahna ortida o'tdi. Maktabda, kollejda va universitetda u doim o'ziga postanovkalardan rol topardi. U Chukurova davlat konservatoriyasining teatr fakultetini tamomladi.

Janerning ilk roli «Fahim posho yer-mulki»dagi Yusuf roli bo'ldi. 1997 yilda u Seyxan hokimi teatr guruhi tarkibida birinchi marta professional sahnaga chiqdi. 10 yoshida Janer Sayxan hokimligi guruhi va Adana shahar teatrida rol ijro eta boshladi.

2006 yilda Janer to'rt nafar bolalikdagi do'sti bilan Istanbulga keldi. O'shandayoq xalqaro filmdagi rol bilan kinodagi faoliyatini boshladi. Bu filmda u O'zgu Namal bilan suratga tushdi. 2008 yilda «Kapalak» filmida ro ijro etdi. 2007 yilda «Qora va oq» serialida suratga tushdi, 2008 yilda esa «Kechikkan bahor» va «Xazonrezgi» seriallarida o'ynadi. «Xazonrezgi» serialidagi doktor Nazmi roli tomoshabinlar e'tiborini tortdi. 2009 yilda Janer Jindoruk «Xonimning qo'rg'oni» serialida Kamol rolini o'ynab, Mehmet Aslantug' va O'zgu Namal bilan birga ishladi. 2012 yilda u Ebru O'zkan bilan «Pandalar tarixi» teatr postanovkasida ishladi. O'sha yili Bahman Gobadining «Karkidonlar fasli» filmida suratga tushdi. Bu kinokartinada Yilmaz Erdo'g'an, Beren Saat va Monika Belluchchi ham ishtirok etgan.

2013 yilda Janer «Bu o'rtamizda qolsin» serialida Ug'ur Yujel va Gyokche Bahodir bilan bosh rolni o'ynadi. 2014 yilda rejissyor Nesli Cho'lgechenning «Musiqa yangrasin» filmida bosh rolni ijro etib, Belchim Bilgin va Engin Xepileri bilan birga ishladi. 2015 yilda aktyor iroqlik rejissyor Xiner Saleemning «Tor ko'ylak» filmida suratga tushdi. Bu kinokartinada Tuba Buyukustun, Xazar Erguchlu, Inanch Konukchu, Devrim Yakut va Janan Erguder ham suratga tushdi. Film 2016 yilda kinoijaraga chiqdi.

Janer Jindoruk rejissyor Turker Inano'g'luning «Istanbul» myuziklida Ali rolini o'ynab, Nuxet Duru, Pelin Akil, Jezmi Baskin va Kayxan Yildizo'g'lu bilan birga ishladi.

2016 yilda Aslixan Go'rbuz va Taner Birsel bilan birga «O'chayotgan cho'g'lar» filmida suratga tushgan Janerning ijrosini tanqidchilar juda yuqori baholashdi. O'sha yili Janer Gizem Karaja bilan birga «Istanbul ko'chalari»da suratga tushdi, shuningdek, «Ayol» serialida Sarp rolini o'ynadi.

Janer Jindoruk turk aktrisasi Selin Shakarji bilan ma'lum vaqt uchrashib yurdi. Unga qadar aktrisa Fara Zaynab Abdulla bilan sevishdi.

Bir necha yildan so'ng, 2018 yilda Janer Jindorukning Selin Shakarji bilan munosabatlariga nuqta qo'yildi. Juftlik «Instagram»dan birga tushgan hamma suratlarini o'chirib tashladi. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda bir-birini o'qishni, kuzatishni to'xtatdi. Ayni paytda Janer bo'ydoq, hech kim bilan uchrashmaydi.

SEVINCh tayyorladi.



Manba:hordiq.uz
Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 4203 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Ayol, seriali, Janer Jindoruk, Sarp
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 02:42
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное