Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Ayrim hollarda transport vositalarini to‘xtatib tekshirish taqiqlandi


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq yo‘l-patrul xizmati (YPX) xodimi tomonidan transport vositalari quyidagi asoslarga ko‘ra to‘xtatilishi mumkin:

yo‘l harakati qoidalarining buzilishi vizual kuzatuvda aniqlanganda yoki maxsus moslamada qayd qilinganda;

transport vositasi, haydovchi yoki yo‘lovchi qidiruvda ekanligi, yo‘l transport hodisasiga aloqador ekanligi haqida ma’lumotlar bo‘lganida;

yo‘l transport hodisasi, huquqbuzarlik sodir etilganligini ko‘rgan haydovchi yoki yo‘lovchidan hodisaga oydinlik kiritishga to‘g‘ri kelganida;

harakatni cheklash yoki taqiqlash bo‘yicha ko‘rsatmalarni bajarishda;

transportdan majburiy tartibda foydalanishga to‘g‘ri kelganida;

maxsus tadbirlarni o‘tkazish jarayonida;

 

transportdan foydalanish va boshqarish huquqini beruvchi, transport va yuklarga oid hujjatlar mavjudligini tekshirish uchun.


Boshqa asoslarga ko‘ra transportning to‘xtatilishi taqiqlanadi.

Transport hujjatlarni tekshirish uchun to‘xtatilganda, faqat ushbu hujjatlarni tekshirishda aniqlangan qoidalar buzilishi bo‘yicha chora ko‘riladi.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3104 | Рейтинг: 0| Рейтинг: transport vositalari
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 01:49
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное