Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Yoqotilgan Yillar-Soundtreck2
. Qo'rqmas - soundtreck (music)
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - music soundtreck
. Великолепный Век-Soundtreck 2
. Efir Sirlari - Soundtrack 4
. Ko'sem - Soundtreck (Turk serial)
. Ishq Ertagi - Title sound
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Qirolicha - Soundtreck (Bidam Love)
. Tabib-Nadin kal kai (soundtreck koreya)
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck
. Efir Sirlari - Soundtrack 3
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Gulperi - Soundtreck (Turk serial)
. Sevgi iztirobi - Soundtreck (Turk serial)
Главная » Файлы » Bollewood (Xindiston yangiliklari)

Aytgan gapida turmaydigan, «va’daboz» Bollivud yulduzlari

Shou-biznes vakillarining har bir aytgan gapi sariq matbuot va muxlislar e’tiboridan chetda qolmaydi. Ayrim yulduzlar esa buni yoddan chiqargandek avvalroq aytgan gapiga o‘zi qarshi chiqadi.

Salmon Xon

Bollivudning bo‘ydoq aktyorlaridan biri bo‘lgan, 54 yashar Salmon Xon muxlislariga uylanishini ta’kidlab kelishiga qaramay, oila qurishga shoshilmaydi. So‘nggi marta 2014 yil «Bigg Boss 8» shousida Rekhaga yaqin orada, qiz topib uylanishini bildirgan aktyor mana 6 yildirki vadasiga vafo qilishidan darak yo‘q.
Ranbir Kapur

Aktyor mana bir necha yildirki, chekishni tashlamoqchi bo‘ladi, muxlislariga va’da berib keladi, ammo amal qilishga kelganda irodasi kuchsizlik qiladi. Kinoga qadam qo‘yishidan avvalroq sigaretga ko‘ngil qo‘ygan Ranbir, navbatdagi filmi xit bo‘lsa, boshqa chekmasligini bildiradi. Lekin uning gapida tura olmasligini paparatsiyalar yuzaga chiqarib qo‘yadi.
Rani Mukxerji

Aktrisa muxlislariga bundan buyon faqat bosh qahramon rolini gavdalantirishini va film syujetida uning obrazi asosiy bo‘lsagina suratga tushishini bildirgan. Ammo, «Jessikani hech kim o‘ldirmadi» va «Tergov» filmlarida suratga tushishga rozi bo‘lib, o‘zi aytgan gapiga qarshi chiqqan.
Sonakshi Sinxa

Bollivudga endigina qadam qo‘yganida Sonakshi to‘lachadan kelgan bo‘lgan va intervyularida o‘zining ko‘rinishidan qoniqishi va ozmoqchi emasligini ta’kidlagandi. Ammo sport zaldagi fotolari bilan bo‘lishgan aktrisa tez orada vazn tashlab gapida turmadi. Shuningdek, u bir vaqtlar kinoda hind urf-odatlariga asoslangan filmlardagina suratga tushishini bildirgandi, ammo «Boss», «Radja o‘qi» singari filmlarida kalta-kulta liboslarda gavdalanib o‘zi aytgan gapga qarshi borgan.
Pariniti Chopra

Aktrisa ham Sonakshi kabi ortiqcha vazni bilan ham baxtli ekanini bildirgandi. Lekin «Kuldimi, demak, sevadi» filmida suratga tushish uchun sport zalda tinimsiz mashq qilib ozib ketgan.
Sonam Kapur

Sonam faoliyatida jurnal muqovasida suratga tushishdan ko‘ra ko‘proq, aktrisalikka e’tiborini qaratishini bildirganiga qaramay model sifatda suratga tushishni kanda qilmagan.


Manba:daryo.uz
Категория: Bollewood (Xindiston yangiliklari)
Просмотров: 7863 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Aytgan gapida turmaydigan, va’daboz, Bollivud yulduzlari
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 12:41
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное