Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

“Az kudumi safar”: Shabnam Surayyo O‘zbekistonda!


28 aprel, shanba kuni Surxondaryo viloyati Boysun tumanining “Padang” qishlog‘ida “Boysun bahori” ochiq folklor festivalining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda ishtirok etish uchun tojikistonlik taniqli xonanda Shabnam Surayyo O‘zbekistonga kelgan.

Shabnam Surayyoni nafaqat O‘zbekistonda, balki Afg‘oniston, Eron, AQSh, Angliya va Germaniyaga tanitgan “Az kudumi safar” qo‘shig‘i surxonda ham yana jarang sochdi.

37 yashar Shabnam Surayyo O‘zbekiston 2006 yillarda mashhur bo‘lgan edi. U Jo‘rabek Murodovdan so‘ng sobiq ittifoq mamlakatda katta shuhrat qozongan ikkinchi tojik xonandasi sanaladi. Xonandaning “Az kudumi safar” qo‘shig‘ini O‘zbekistonda ham sevib tinglashadi, kuylashadi.

Ushbu tadbirda Shabnam Surayyodan tashqari, o‘zbekitonlik xonandalar – O‘zbekiston xalq artistlari Yulduz Usmonova, Mahmud Nomozov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Sayyora Qoziyev, Ravshan Nomozov, “Nihol” mukofoti sovrindori Anvar Sobirov ishtirok etgan.

Shabnam Surayyo O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova bilan suratga tushayotgani aks etgan videoni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga joylashtirib, uning ustozligiga, Markaziy osiyo san’ati primadonnasi ekaniga alohida urg‘u bergan.

“Boysun bahori” festivalining ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullaev va Surxondaryo viloyatining xokimi Erkinjon Turdimov ishtirok etgan.



Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 7298 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Shabnam Surayyo
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 14:52
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное