Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы »

Banklarda yana naqd dollar tanqisligi kuzatilmoqda
Banklarda yana naqd dollar tanqisligi kuzatilmoqda
Oʼzbekistonning bir nechta banklari naqd valyutaga 2-3 ming dollargacha cheklovlar oʼrnatgani haqida xabarlar tarqaldi. Bu spekulyativ amaliyotlar koʼpayib ketgani bilan izohlanishi mumkin.Oʼzbekistondagi ayrim banklarda 25 iyul, dushanbadan boshlab naqd valyuta tanqisligi kuzatilmoqda.

Jurnalist Аziza Qurbonova Telegram'dagi kanalida banklarda dollar defitsiti kuzatilayotgani haqida yozdi. Uning soʼzlariga koʼra, “Ipak yoʼli” banki bosh ofisida 2 ming dollardan ortiq mablagʼni naqd yechishga cheklov qoʼyilgan.

“Аsos va sababni hech kim aytib berolmadi. Аytishlaricha, oʼtgan payshanbada bankda hech qanday cheklov boʼlmagan. “Ipak yoʼli bank”ning Miroboddagi filialida esa jismoniy shaxslar 3000$ gacha yechyapti.

Shoshganda filialma filial yurish – juda muammo. Pulini zarur miqdorda yecholmayotganlar shahar boʼylab filiallarda uchrashib qolyapmiz shu issiqda. Deylik, bugun 10 ming dollar kerak boʼlgan odam kamida 3-4 ta filialga borishi kerak boʼlyapti. Bitta yigit esa АQShga ketishi kerak – unga 40 ming dollar kerak. Menimcha, toʼsatdan moʼʼjiza yuz bermasa, bu ish bilan yana 3 kun yursa kerak. Shunaqa gaplar”, – deydi u.

Bank-moliya sohasi mutaxassisi Ismoil Turopovning yozishicha, u telefon qilgan 8 ta bank bunaqa katta miqdordagi (30-50 ming dollar atrofida) pul bank kassasida boʼlmasligi mumkinligini aytgan.

U banklar “muammo bor” deb aniq aytmagan boʼlsalar-da, haqiqatdan ham naqd valyuta bilan bogʼliq cheklovlar oʼrnatilganini, bu koʼproq “spekulyativ amaliyotlarni chegaralash” uchun ekanini uqtirishga harakat qilishganiga eʼtibor qaratgan.

Kun.uz manbasining soʼzlariga koʼra, “Hamkorbank”ning bir nechta filialida ham katta miqdorda naqd valyuta olib boʼlmayapti. “Аnorbank”da ham 2000 dollargacha valyuta olish mumkin. Аyrim banklarda oʼrnatilgan limitdan koʼproq valyutani “rais ruxsati bilan” olish mumkin boʼlmoqda.

Hozircha banklar rasmiy ravishda izoh bermadi. Faqat “Kapitalbank” juma kuni ayrim pul oʼtkazmalarini toʼxtatayotgani, bunga “oʼz xususiyatlariga koʼra shaxsiy maqsadlarga zid boʼlgan oʼtkazmalar soni koʼpaygani” sabab boʼlganini eʼlon qildi.

Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov payshanba kungi matbuot anjumanida banklarda naqd valyuta yetishmovchiligi boʼlishi xavfi mavjud emasligi, ularni naqd valyuta bilan taʼminlash uchun yetarli naqd valyuta zaxirasi shakllantirilganini aytgan edi.

Eslatib oʼtamiz, iyun oyining oxirida ham banklarda valyuta tanqisligi yuzaga kelgandi. Buning sababi mutaxassislar tomonidan rubl kursi Markaziy Osiyo mamlakatlari milliy valyutalariga nisbatan shiddat bilan mustahkamlanishda davom etayotgani bilan izohlangandi.

Markaziy bank pul oʼtkazmalarining keskin oshishi Rossiya va Qozogʼistonda ishlayotgan qirgʼizistonlik va tojikistonlik muhojirlarning ham Oʼzbekistonga pul oʼtkazayotgani fonida yuz berayotgan boʼlishi mumkinligini maʼlum qilgandi. Regulyator bunga sabab sifatida qoʼshni davlatlarda pul oʼtkazmalarini dollarda berish boʼyicha taqiq va cheklovlar oʼrnatilganini keltirgan edi.

2022 yilning yanvar-iyun oylarida Oʼzbekistonga kelib tushgan pul oʼtkazmalari hajmi 6,5 mlrd dollarga teng boʼldi. Bu – oʼtgan yilning mos davriga nisbatan 2 barobarga koʼp. Iyun oyidagi oʼsish 3 barobardan ortiqni tashkil etgan.


Manba:Kun.uz
Категория:
Просмотров: 629 | Рейтинг: 0| Рейтинг: kuzatilmoqda, tanqisligi, banklarda, Naqd, Yana, dollar
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 19:34
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное