Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

“Baron” filmi A.Navoiy nomli kinoteatrda tarqalgani haqidagi xabar rad etildi

“Kinorama.uz” nashri Alisher Navoiy nomli kinosaroy direktori o‘rinbosari Husniddin Ergashev bilan suhbat o‘tkazdi va undan “Baron” filmining qo‘lga chiqib ketishida kinosaroyning ham ishtiroki bor degan gumonlarga aniqlik kiritishini so‘radi.
“Nafaqat ‘Baron’ filmi, balki boshqa filmlarning ‘pirat’ disklari biz orqali chiqib ketmasligi ehtiyot choralari 100 foiz ko‘rib qo‘yilgan. Bundan tashqari kino ijodkorlari tomonidan olib kelingan disklardan nusxa olib, ko‘chirib bo‘lmaydi (texnik tilda aytganda ‘kodlangan’)”, — dedi Ergashev.
Uning qo‘shimcha qilishicha, har kuni film namoyishi bo‘lganidan keyin, film ijodkorlari kinosini o‘zlari bilan birga olib ketadi. Yana sakkiz nafar navbatchi xodim doim zallarda ham aylanib yurib, tomoshabinlarni nazorat qiladi.
“‘Baron’ bizdan, kinosaroydan tarqalgani haqidagi gaplar asossiz va uydirma gaplardan boshqa narsa emas”, — deya ta’kidladi kinosaroy direktori o‘rinbosari.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq rejissor Rustam Sa’diyevning “Baron” filmi premyerasidan bir hafta o‘tib, uning sifatli nusxasi, “videoqaroqchilar”ning xatti-harakatlari sabab, qo‘l telefonlari va disklar orqali tarqalishga ulgurgani xabar berilgan edi.
 


Manba:daryo.uz
Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 4175 | Комментарии: 5 | Рейтинг: 2| Рейтинг: Alisher Navoiy nomli, kinosaroy direktori
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 5
gulbeka81 Kinoga gap yuq ajoyib ishlangan ijodkorlarga omad
Like | 0
otabek7970 yomon ugrlik
Like | 0
uchqunjon Тугри ким чикариб юборган булсаям яхши иш кимапти лекин филмга гап ек хали мен узбек кинода бунака филм курмагандим Рустам Садиевдан яна шунака ижодларини кутиб коламиз ижодийзга омад!
Like | 0
azis2008 Tewib ciqsin uwa "videoqaroqchi"lardan
Like | 0
NuR_KR Ха жуда аянчли вазият. Филм зор чикибди лекин. омад
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 18:05
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное