Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

"Baron" filmining kontrafakt nusxalarini tarqatish taqiqlanadi

Xabaringiz bor, “O‘zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasi asosida davlat mablag‘lari hisobidan ishlab chiqarilgan va mutlaq huquqlari agentlikka tegishli bo‘lgan “Baron” nomli badiiy film hozirgi kunda Respublika kinoteatrlarida keng namoyish etilmoqda.
Biroq, Toshkent shahri va viloyatlardagi bir qator bozorlar va boshqa savdo hududlarida ushbu filmning kontrafakt nusxalari noqonuniy tarzda sotilayotgani haqidagi xabarlarning paydo bo‘lishi agentlik tomonidan Intellektual mulk agentligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda aniq choralar ko‘rishni taqazo qildi.
Hozirgi kunda “Baron” filmining kontrafakt nusxalari tarqatilishiga chek qo‘yilishini ta’minlash bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklarining tegishli Ishchi guruhlari a’zolari bilan hamkorlikda monitoring tadbirlari tashkil etilmoqda. Aniqlangan har bir qonunbuzilish holatlari bo‘yicha vakolatli davlat organlari tomonidan qonunbuzarlarga nisbatan ma’muriy va jinoiy javobgarlik choralari ko‘rilib, ular tomonidan yetkazilgan moddiy zararlarning to‘liq undirilishi ta’minlanadi.
O‘z navbatida yurtimiz fuqarolari va barcha kinoixlosmandlardan ijodkorlarning mualliflik huquqlarini hurmat qilishga hamda bu kabi noqonuniy xatti-harakatlarga nisbatan o‘z fuqarolik burchlarini ko‘rsatishlarini so‘rab qolamiz. Zero milliy kinematografiya san’atimizning rivojlanishini, filmlarimizni xalqaro ekranlarda namoyish etilishini va bu orqali beqiyos mamlakatimizning dovrug‘ini yanada keng yoyishni istar ekanmiz, bu kabi o‘ta salbiy holatlarga qarshi barchamiz qarshi turishimiz lozim bo‘ladi.
«O‘zbekkino» Milliy agentligi matbuot xizmati


Manba:kun.uz
Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 4703 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 2| Рейтинг: Baron
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
sunnat2285 Xaqiqatdan xam yaxwi ish bòlmagan.
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 11:29
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное