Munisa Rizayeva - Qop Q... Munisa Rizayeva - Qop Q...
Alisher Fayz - Onasi (V... Alisher Fayz - Onasi (V...
Botir Yaminov - Bilmadi... Botir Yaminov - Bilmadi...
VIA Marokand - Salom Mu... VIA Marokand - Salom Mu...
Shahlo Ahmedova - Sevas... Shahlo Ahmedova - Sevas...
Vohidjon Isoqov - Salom... Vohidjon Isoqov - Salom...


Меню
Поиск
Реклама
Фотоалбом
Сундтреки
. Qish Sanatasi - Soundtreck
. Qaxvaxona - soundtreck (Offical)
. Ishdagi Ishq - Служебный роман
. Qish Sanatasi-Soundtreck
. Ishdagi Ishq - Нас в набитых трамваях
. Shamollar Mamlakati - soundtreck (korea)
. Muhabbat tantanasi - soundtreck
. Taqdir O'yini-Va Bank
. Ishq Jodusi - Call My Name
. Yoz Ifori-Soundtreck
. Ayol Qalbi - True Love
. Jumong-soundtreck
. Tabib-Sara hi kiyo (soundtreck koreya)
. So'nmas Sevgi - Soundtreck
. Yoz ifori-Piano [soundtreck]
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

“Baron”ning yopiq premerasidan so'ng: taassurotlar va xulosalar

Kecha, 16 yanvar kuni Alisher Navoiy nomidagi kino saroyida “o'zbek kinosini tanqiddan qutqardigan film” deya baholanayotgan “Baron” filmining jurnalistlar va san'atkorlar uchun premerasi bo'lib o'tdi. Shu vaqtga qadar kartina atrofida juda ko'p shov-shuvlar paydo bo'ldi. U haqdagi xabarlarda kartinaga “o'zbek kinoijodkorlari tomonidan o'tkir syujetli kriminal janrda suratga olingan ilk film”, “O'zbekistonda birinchi marta 4K formatida ishlangan kino”, “Gollivud kinoaktyori o'zbek filmida suratga tushdi”, kabi istilohlar qo'llanildi. To'g'risini aytsak, bu kabi shov-shuvlarning qaysidir biriga ishongan bo'lsak, qaysilarigadir shubha bilan qaradik ham. Biroq film boshlangan birinchi lahzalardanoq diqqat-e'tiborimiz unga qadaldi.

Film butun insoniyatning boshiga katta balolarni solayotgan narkobiznes to'g'risida. Odatda bu mavzudagi kinolar, ustiga-ustak u davlat buyurtmasi asosida olingan bo'lsa, tomoshabinlarni u qadar o'ziga jalb qila olmaydi. Har qanday zehnli tomoshabin xayolan voqealar rivojini jonlantirishi mumkin. Ammo bu safar stsenariy muallifi Shoira G'iyosova va postanovkachi rejissyor Rustam Sa'diev butunlay boshqa yo'ldan borishdi. Avvalo, har bir rolga shu qadar munosib nomzodlar tanlanganki, ular o'z vazifasini qoyilmaqom qilib uddalay olgan, deb aytishimiz mumkin. Ikkinchidan, kartinada kutilmagan burilishlar, kishini beixtiyor hayajonga soladigan daqiqalar juda ko'p, xullas, e'tirozlarga imkon qadar o'rin qoldirilmagan. Har bir sahnada qahramonlarning keyingi taqdiri jumboqligicha qoladi. Ushbu kartinada sevgi-muhabbat, mehr-oqibat, Vatanga bo'lgan yuksak sevgi, giyohvandlik, odam savdosi, qotillik singari bir-biriga qarama-qarshi tushunchalar ustalik bilan singdirilgan. Qaysidir sahnada ko'zingizda yosh miltillasa, qaysidir qismida beixtiyor mushtingiz yig'iladi, yana bir joyida esa qalbingiz g'urur va iftixorga to'ladi. Uni katta ekranda, ko'pchilik bilan ko'rsangiz, ba'zi o'rinlarda gulduros qarsak chalasiz ham.

Film haqidagi qisqacha taqrizimizdan uni jahon premeralari darajasida mukammal ishlangan ekan, degan xayolga bormasligingizni so'rar edik. Ehtimol, unda biz ilg'ashga ojizlik qilgan xato va kamchiliklar ham bordir. Balki bugungi kundagi o'zbek kinosining badiiy va texnik saviyasi, “Baron” uchun ajratilgan byudjetdan kelib chiqqan holda unga baho berayotgandirmiz. Ammo nima bo'lganda ham, kartina o'zbek kinosida o'sish borligini, o'zbek kino ijodkorlari ham jahon ekranlariga olib chiqishga arziydigan filmlarni ishlashga qurbi va salohiyati etarli ekanidan dalolat bermoqda.

Voqealar rivoji to'g'risida to'xtalib o'tirmaymiz, yaxshisi ushbu kinoni o'zingiz tomosha qiling va xulosangizni chiqaring. Ishonchimiz komilki, uni ko'rish uchun sarflagan vaqtingizga achinmaysiz.


Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 4024 | Голосов:: 0| Теги:: “Baron”ning yopiq premerasidan so'n
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Сизда Изоҳ қолдириш ва фикр билдириш хуқуқи мавжуд эмас.
Фақат сайтимиздан руйхатдан ўтган фойдаланувчилар изоҳ қолдириш ва фикр билдиришлари мумкин.
[ РЎЙХАТДАН ЎТИШ | САЙТГА КИРИШ ]

Профил

Время: 02:05
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Реклама
Новинка у нас
. Afruz Guruhi - Salima  
. Amira Alibekova - Uzoqdagi Yaqinim  
. Botir Yaminov - Bilmadi Yor  
. Madina Mumtoz - Bor Bor Dema  
. Ruhshona - Dil Notinch  
. Umidaxon - Yulduzlar Ayt Menga  
. Ozodbek Nazarbekov - Atirgul  
. Farrux Xamrayev - Musofir  
. Abdulla Qurbonov - Janlimi  
. Xushnud - Mo'jizaviy Qizaloq  
. Shahzoda - Yomg'ir  .
. Ozodbek Nazarbekov - Gul (2017)  
. Kaniza - Malina  
. Bojalar ft. Shohruhxon & Shaxriyor - Yig'lama Muhabbat  
. Bahriddin Zuhriddinov - Senmusan  
. Shoxruz (Abadiya) - O'zbegim  
. Shaxriyor - Hammasi Yolg'on  
. Rayhon - Meniki (Remix)  
. Rayhon - Izlama (Remix)  
. Rayhon - Popuri  

Мини-Чат
Tarona.net

Сайтимиз янгиликларидан доимий хабардор бўлиб туриш хизмати by Email


                   
Самое Популярное
. Ummon o'grimi Yoki BENOM... [Exclusive Intervyu]
. Ummon guruhi - Dengiz
. Ummon - Sensiz
. Shahzoda - Shunchaki
. Ummon - Alvido
. Ummon - Sen Kechir
. Ummon - Ana Endi Yeg'la
. Ummon - Eslab Qol
. Ummon - Ming Afsus
. Ummon - Tola