Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

"Baron"ning disklari 5.000 so‘mdan sotilyapti

“O‘zbekkino” Milliy agentligi filmning “videoqaroqchilar” tomonidan o‘zlashtirilishi yuzasidan rasmiy bildirish berdi. “Baron” filmining kontrafakt nusxalari noqonuniy sotayotganlarga Davlat Soliq qo‘mitasi, IIV tomonidan chora ko‘riladi.
Rejissyor Rustam Sa’dievning “O‘zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga binoan suratga olingan “Baron” filmining kontrafakt nusxalarining sotilishi o‘tgan haftaning eng e’tibordagi voqealaridan biri bo‘ldi. Hafta boshida filmning disklari bozorlar, shahar ko‘chalaridagi ba’zi do‘konlarda 30-40 ming so‘mdan pullangan bo‘lsa, bugun uning narxi 5 ming so‘mga tushgan. Kuzatuvlarimiz natijasida disk do‘koniga kirgan har 10 ta odamdan 8 tasi “Baron”ni so‘rayotgani, qolganlariga do‘kondagilarning o‘zi tavsiya qilayotgani aniqlandi. “O‘zbekkino” Milliy agentligi filmning “videoqaroqchilar” tomonidan o‘zlashtirilishi yuzasidan rasmiy bildirish berdi.
 
 
“Toshkent shahri va viloyatlardagi bir qator bozorlar va boshqa savdo hududlarida “Baron” filmining kontrafakt nusxalari noqonuniy tarzda sotilayotgani haqidagi xabarlarning paydo bo‘lishi agentlik tomonidan Intellektual mulk agentligi,  Davlat soliq qo‘mitasi va Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda aniq choralar ko‘rishni taqazo qildi.
 
Hozirgi kunda “Baron” filmining kontrafakt nusxalari tarqatilishiga chek qo‘yilishini ta’minlash bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,  Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklarining tegishli Ishchi guruhlari a’zolari bilan hamkorlikda monitoring tadbirlari tashkil etilmoqda.  Aniqlangan har bir qonunbuzilish holatlari bo‘yicha vakolatli davlat organlari tomonidan qonunbuzarlarga nisbatan ma’muriy va jinoiy javobgarlik choralari ko‘rilib,  ular tomonidan yetkazilgan moddiy zararlarning to‘liq undirilishi ta’minlanadi”, – deyiladi “O‘zbekkino” xabarida.

Katta mablag‘, mehnat va vaqt sarflangan “Baron” filmining “qora bozor”da sotilishi bu mavzuga jiddiy e’tibor berish vaqti kelganinini, kinoteatrlardagi nazoratchilarlar, umuman olganda filmning namoyishlariga daxldor bo‘lgan kishilarning mas’uliyatini yanada oshirish, film “videoqaroqchilar” tomonidan o‘zlashtirilgudek bo‘lsa ularga qonun yo‘li bilan chora ko‘rish kerakligini anglatmoqda. Xoh soliq qo‘mitasi vakili, xoh IIV xodimi yoki rejissyorning o‘zi bozorlardagi istagan disk do‘koniga kirsa “Baron” bamaylixotir sotilayotganining guvohi bo‘ladi. Ularni qo‘lga olish, voqea sabablarini o‘rganish uchun yillar davomidagi maxsus kuzatuv shart emas, bizningcha. Temirni qizig‘ida bosib, uchqun alangaga aylanguncha uni so‘ndirish kerak.  


Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 4274 | Рейтинг: 0| Рейтинг: videoqaroqchilar, Baron
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 01:24
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное