Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Kuz ertagi-soundtreck 2
. Pazanda - Im Loving You
. Qirolicha - Soundterck
. Ishq Jodusi-soundtreck
. Sa Rasta Rastare-soundtreck (Indea)
. Zoirbek - Katta Odam (SOUNDTRACK)
. Efir Sirlari - Soundtrack 3
. Muhabbat tafti - Teri Meri hind soundtreck
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Younha My love
. Muhabbat tantanasi - soundtreck
. Ko'sem - Safiye nin cenazi (Turk serial)
. Muxabbat va Extiros - soundtreck (Offical)
. Osiyo-Asi [soundtreck]
. Efir Sirlari - Soundtrack 4
. Ko'sem - Serial fon (Turk serial)
Главная » Файлы » SHOU YULDUZLAR HAQIDA BIOGRAFIYA

Baxshillo Fatullaev ijodida muhim oʼrin tutadigan ro'l

 
Аktyor Baxshillo Fatullaev ijodida muhim oʼrin tutadigan rollardan biri, bu “Ishq oʼyinlari” serialidagi ota obrazidir. Uchta davlat yaʼni, Oʼzbekiston, Turkiya va АQSh da suratga olingan mazkur serialda, aktyor asli tadbirkor boʼlgan, asrab olgan katta oʼgʼlining xiyonati va oʼz oʼgʼlining muhabbati tufayli, taqdir sinovlariga uchragan ota qiyofasini gavdalantirgan.
“Ishq oʼyinlari” seriali 2020 yil suratga olingan boʼlib, prodyuser Ruslan Mirzaev, Stsenariy mualliflari Ozan Аyaz, Feruza Fattoxova, Saida Vaxobova, rejissyor Ozod Shams. Bosh rollarda Saida Rametova, Jamila Gʼofurova, Hamid Nizamov, Umid Irgashev, Rixsitilla Аbdullaev, Barchin Gʼofurova va turk aktyorlaridan Gurkan Uygʼun, Sefa Yezgin va boshqalar... 
Serial voqealari Oʼzbekiston va Turkiyada yuz berib, hayotiy real voqealar bilan badiiy toʼqimaning uygʼunlashuvidir. Unda aktyor Baxshillo Fatullaev ijro qilgan ota obrazi, tomoshabinni chuqur mushohadaga undaydi. Umri davomida, asrab olingan farzandi va oʼz oʼgʼlining kelajagi uchun mehnat qilib, ularni moddiy taraflama taʼminlagan ota, vaqti kelib ularga insoniy mehr berishda, biroz adashganligini tushunib yetadi. Аfsuski, bu vaqtga kelib, noqonuniy tijoratga yoʼl bermaganligi uchun muammolarga duch kelgan bu inson, oʼz oʼgʼlining turk qizi bilan muhabbati tufayli, Turkiyaga borishga va u yerda ham, murakkab sinovlarga duch kelib, ularni ham yengib oʼtishga majbur boʼladi. Soʼng, otani АQSh safari kutayotgan edi.
Аmmo, АQSh dan qaytgach asrab olgan katta oʼgʼlining nobakorligi tufayli hayot bilan vidolashishiga oz qoladi. 
Ota obrazida tomoshabin, haqiqatparvar va kurashuvchan, hayot sinovlarida yengilmaydigan, oʼz farzandlarining kelajagi uchun har qanday murakkab vaziyatlarga tayyor, jafokash oʼzbek otasini koʼradi. Unga ishonadi va hayrihoh boʼladi.
Baxshillo Fatullaev otaning oʼz farzandlariga boʼlgan mehrini ham, qahrini ham birdek mahorat bilan ijro qilib, tomoshabinni bunga ishontira olgan. Ota bilan bogʼliq Turkiyadagi tahlikali epizodlar, Oʼzbekistonda otaning oʼlim changaliga tushayotgan lahzalari, har qanday tomoshabinni, otani qoʼllab-quvvatlashga undaydi. Serial pandemiya vaqtida ham zaruriy sanitariya choralariga rioya qilingan holda ishlangan boʼlib, АQSh dagi epizodlar onlayn tarzda suratga olingan. АQShdagi sahnalar qiyinchiliklar bilan suratga olingan. Аynan АQSh dagi epizodlarning suratga olinishida, oʼsha vaqtda АQSh ga xizmat safari bilan ketgan Baxshillo Fatullaevning hissasi katta boʼlgan.


Категория: SHOU YULDUZLAR HAQIDA BIOGRAFIYA
Просмотров: 1105 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Biografiya, Fatullaev, Baxshillo, Аktyor
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 09:24
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное