Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - In Front Of Your
. Iyun Oqshomi - Yagmur (soundtreck)
. Qaxvaxona - soundtreck
. Qirolicha - Soundterck
. Mohim - Oq Ro'molim (OST Meni Kechir)
. Hayot Sinovlari - Gulim
. Ishdagi Ishq - Нас в набитых трамваях
. So'nmas Sevgi - I Love You [soundtreck]
. Sevgi Iztirobi - Yllar Sonra (turk seriali)
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck 3
. Ayol Qalbi - True Love
. Ishq Jodusi-soundtreck
. Ko'ngil bog'i-soundtreck [feat Girl]
. Iyun Oqshomi - Yeri Nasalama (soundtreck)
. Sevishganlar - soundtreck (OST serial kareya)
Главная » Файлы » FOYDALI MASLAXATLAR

Bayram keladi-ketadi, uning kayfiyatini shirin xotiralar bilan ushlab qolish esa o`zimizga bog`liq!




«Eh, bir haftagina vaqt qoldi!» Shu fikr xayolimdan o`tgan zahoti turmush o`rtog`imni uyqudan uyg`otdim.

— Bugun ishdan ertaroq qaytasizmi?

— Balki… Biror joyga boramizmi? — dedi turmush o`rtog`im sinovchan nazar solib menga.

— Uyda archa, zar o`yinchoqlar bormikan, bilmaysizmi?

— Yo`q, uyda faqat kattalar yashaydi: men, ukam, dadam, oyim va sen. Archa nimaga kerak?! Bog`cha bolasimizmi biz?

— Axir Yangi yil bayramini nishonlamaymizmi?

— Menga qara, bizning uyimizda hech kim jonini koyitib, an`analarga amal qilmaydi. Mana, kecha kechki ovqatdan so`ng televizor ko`rib o`tirganimizda, patnisda shokolad bilan qahva olib kirding. Chiqib ketganingdan keyin hamma ortingdan xoholab kuldi.

— Nega?  Hamma qahvani ichib, shokoladni eb oldi-ku!

— To`g`ri, lekin bunaqa odat yo`q edi bizda! «Serial ko`p ko`rgan, shekilli», dedi dadam.

Bu gap dilimni biroz og`ritgan bo`ldi. Bilaman, yangi kelinning tilidan chiqadigan eng yomon gap bu: «Bizning uyimizda...» bo`ladi. Lekin bor haqiqat ham shu-da! Bizning uyimizda nafaqat Yangi yil, balki barcha bayramlar o`ziga xos an`ana va qadriyatlar bilan nishonlanar edi.

— Xo`p, unda Yangi yilda nima qilasizlar? Dasturxonda nimalar bo`ladi? Mehmonlar keladimi? Yoki biror joyga borasizlarmi?

— Dasturxonni men va ukam tuzardik.  Hamma narsaning tayyorini sotib olib kelamiz. Onam «Yil bo`yi ishlab charchadim, faqat bir kun televizorda o`zim istagan shouni ko`rib o`tiraman, menga tegmanglar», deydi. Dadam ham xuddi shu. Ukam va men o`rtoqlarim bilan biror joyda bayramni nishonlardik, tungi 12 da esa hamma allaqachon uxlab qoladi.

Shuyam bayram bo`ldimi? Bu safar hammasi boshqacha bo`ladi! Kelib-kelib, Yangi ko`chadan olingan ovqatlar bilan kutamizmi?  Yangi yilga ko`ylak olishim kerak deb, erimdan pul oldim. Ishdan kelayotib esa o`sha pullarga Yangi yil bezaklari, bayram dasturxoni uchun kerakli masalliqlarni sotib oldim. Qo`limda ikkita tuyoq, sakkizta paketni ko`tarib kirib kelayotganimni ko`rib, qaynonamning hushi boshidan uchdi:

— Dadangiz olib keldimi, shu boshog`riq tuyoqni! Obbo…

— Yo`q, oyijon, bozordan o`zim oldim. Xolodes qilamiz, norin tayyorlaymiz...

— Zarilmi sizga shuncha ish? Bir kunlik bayram o`tadi-ketadi! Siz kelgandan beri hammamiz semirib yotibmiz o`zi!

— Oyijon, hammasini o`zim tayyorlayman. Qo`shnilarga tarqatamiz. Yangi kelin nimalar qilibdi, deydi hamma. Qarindoshlar bir piyola choy ichgani kelsa, bozorning salatini oldilariga qo`ymaymiz-ku!

Xullas, turmush o`rtog`imga archa topib kelishni iltimos qildim, uni o`rnatib, bezab, shiftlarga zarlar ilib chiqdim. Qaynukam Qorbobo va Qorqiz kiyimlarini topib keldi. «Iltimos, dadajon, ammajonlarning bolalariga beramiz», deb sovg`alar sotib olishni qaynotamdan so`radim.  Doim «Men parhezdaman, hech qanaqa xamirli narsa pishirmang» deydigan qaynonam esa pishirgan xamirlarimdan bitta eb, bitta to`g`rab, bir tog`ora norin tayyorlab qo`yganini o`zi sezmay qoldi. Ikki haftalik kelinga birov biror narsa dermidi, hamma so`zsiz aytganimga ko`ndi!

Bayram kuni, hatto, bizning uyimizdagidan ham ajoyib o`tdi. Tush paytigacha dasturxonni ajoyib qilib bezatib qo`ydim. Qo`yarda-qo`ymay, butun oilani mashinaga o`tkazib, qarindoshlarimizni yo`qlab chiqishga majbur qildim. Ammayu xolalar, bolajonlarning xursandligini so`z bilan aytib-tugatib bo`lmaydi! Darvoqe, qaynotamdan ajoyib Qorbobo, qaynonamdan esa ko`hlikkina, bo`g`irsoqqina Qorqiz chiqdi. Notanish Qorbobo, Qorqiz, Maymoq va Mashaxon (men va kuyovim), yana Sherxon (qaynukam)ni tanimay uyga kirgazishni istamagan o`z otam «Uyimizda yosh bola qolgani yo`q, Qorboboga ishonadigan bittagina qizim bor edi, uni uzatib yuborganman», deb hazillashgan edi, Qorbobo-qaynotam «O`sha bittagina qizingizni qopimizga solib olib kelayapmiz, quda» desa bo`ladimi!  Ana shunaqa gaplar! Bayram keladi-ketadi, uning kayfiyatini shirin xotiralar bilan ushlab qolish esa o`zimizga bog`liq! 
 


Категория: FOYDALI MASLAXATLAR
Просмотров: 2939 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Yangi 2017-Yil
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
NuR_KR Like yes
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 13:47
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное