Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Pazanda - Im Loving You
. Qor Alangasi - Soundtreck [Offical]
. Mohim - Oq Ro'molim (OST Meni Kechir)
. Ziyoda-Super Qaynona [soundtreck]
. Pazanda - Sad Love
. Kuz ertagi-Piano [soundtreck]
. Efir Sirlari - Soundtrack 2
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Ishq Jodusi - Xing Xing wake Up
. Lola - NEGA [soundtreck JODUGAR]
. Osiyo-Asi [soundtreck]
. Qirol va Kanizak - Soundtreck
. Klon-soundtreck
. Sevgi Iztirobi - Nihan Muzurluk Peinde
. Osiyo-Asi [+ soundreck]
Главная » Файлы » FOYDALI MASLAXATLAR

Bedana tuxumidan yuz uchun 10 niqob

 Sarig‘i juda foydali bo‘lib, melatonin moddasi teri hujayralarini yoshartiradi, lisitin esa parvarishlaydi, yumshatadi, himoyalovchi funksiyasini tiklaydi, namlantiradi. Va barcha turdagi yuz terilariga mos.
•  Oqi yuz terisi rangini yaxshilab, taranglashtiradi, quritadi. Yog‘li yaltirash va mayda ajinlarni ketkazadi. Mayda teshikchalarni tozalaydi. Yuz terisi yog‘li bo‘lganlar uchun munosib tanlov.
•  3 dona  bedana tuxumining oqini 2 osh qoshiq qirg‘ichdan o‘tkazilgan bodring bilan aralashtiring. Dokannig ustiga tekis qilib surtib, keyin yuzingizga aralashmali tomoni bilan qo‘ying. Ko‘z va uning atrofi ochiq qolsin. 20 daqiqadan so‘ng iliq suv bilan yuving. Bu niqob yuz terisini tozalaydi.
•  Agar yuz teringiz quruq yoki normal bo‘lsa, 3 ta bedana tuxumiga 1 choy qoshiq asal va yarim choy qoshiq suli yormasini solib, yaxshilab aralashtiring. So‘ngra niqobdan yuzingizga surting. 15-20 daqiqa o‘tgach, issiqroq suv bilan yuving.
•  1 dona bedana tuxumi oqini ko‘pirtirib, yuzingizga surting. Niqob qotgach, yana bir bor takrorlang. 15-20 daqiqadan so‘ng iliq suv bilan yuving. Bu vosita yog‘li yuz terisi uchun ayni muddao.
•  Sovuq kunlarda yuzingiz terisi quruqlashib ketsa, 1 dona bedana tuxumi sarig‘iga 2 choy qoshiq zaytun yog‘i qo‘shing. Niqobni yuzingizga tekis qilib surtib, 15 daqiqadan so‘ng issiqroq suv bilan yuving.
•  1 ta bedana tuxumi sarig‘iga 1 choy qoshiq asal qo‘shib, yuzingizga surting. 10-15 daqiqadan so‘ng iliq suv bilan yuving. Ushbu aralashma yuz terisini parvarishlaydi. 
•  Quruq va normal yuz terisi uchun 1 dona bedana tuxumini 1 osh qoshiq yog‘li tvorog bilan aralashtirib, surting. 15 daqiqa o‘tgach, issiqroq suvda chaying.
•  Quruq yuz terisini namlantirish uchun 1 ta bedana tuxumi sarig‘iga 2-3 osh qoshiq issiq sut qo‘shib, aralashtiring. Biroz sovutib, yuzingizga surting. 15-20 daqiqa o‘tgach, xona haroratidagi suv bilan yuving.
•  Qora nuqtalarni yo‘qotish uchun 1 ta bedana tuxumi oqiga 1 choy qoshiq limon sharbati soling. Teriga 3 qavat qilib surtib, 10 daqiqadan so‘ng sovuqroq suv bilan yuving.


Категория: FOYDALI MASLAXATLAR
Просмотров: 4418 | Рейтинг: 0| Рейтинг: niqob, yuz uchun, Bedana tuxumi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 05:07
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное