Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Benzinning narxi 4300 so‘mgacha ko‘tarilishi rost...mi?


Ijtimoiy tarmoqlar va ayrim yangiliklar saytlari orqali 15 noyabr kuni benzin narxi oshishi haqida xabarlar tarqalgan edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu norasmiy xabar o‘z tasdig‘ini topmadi, ya’ni “O‘zneftmahsulot” ishonch telefonlari orqali bizga bu haqda hech qanday rasmiy ma’lumotlar yo‘qligi ma’lum qilindi.

Tarqatilgan xabarlarga ko‘ra, 15 noyabrdan AI-80 rusumli yoqilg‘i 2800 so‘mdan 3800 so‘mga, AI-91 rusumli yoqilg‘i 3000 so‘mdan 4300 so‘mgacha ko‘tarilishi ehtimol sifatida keltirilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda oxirgi marta benzin narxi 2016 yilning 23 oktyabrda oshgan edi. Hozirda sotilayotgan yoqilg‘i narxlari quyidagicha:

1 litr Ai-80 rusumdagi avtobenzin uchun — 2800 so‘m;

 

1 litr Ai-91, AI-92, Ai-93 rusumdagi avtobenzinlar uchun — 3000 so‘m;

 

1 litr Ai-95 rusumdagi avtobenzin uchun — 3300 so‘m.

Nozimaxon Abdurahimova



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 4097 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Benzin
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 08:24
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное