Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MP3 KO'CHIRISH (MUSIQIY TAQDIMOTLAR)

Bilolxo‘jadan "Anhor" taronasi otasi Mo'min Oripovning xotirasiga bag‘ishlanadi

"Bojalar" guruxi deganimizda beihtiyor ko‘z o‘ngimizda Jahongir Poziljonov bilan birga Mo‘min Oripov gavdalanadi. 2004 yillarda shou biznes olamida o‘zlarining noan’anaviy chiqishlari bilan muxlislar qalbida yorqin taasurot qoldirgan mazkur gurux a’zolari birgalikda ijod qilib bir nechta ijod mahsullarini xalqqa taqdim etishdi. Ular esa shu kungacha tinglovchilarning eng sevimli qo‘shiqlaridan biriga aylanib, tinglanganda sog‘inch bilan eslanadi.
Ot izini toy bosar deganlaridek bugungi kunda Mo‘min Oripovning farzandi Bilolxo‘ja Oripov otasining xotirasiga bag‘ishlab, uning shlyagerga aylangan "Anhor" taronasini kuylab uni qayta jonlantirdi. Qo‘shiq "Asteria" studiyasida yozilib, aranjirovkasini Sherzod Mardiev bajargan. 
Bilolxo‘ja ayni damda V.Uspenskiy nomidagi Respublika mahsus musiqiy akademik litseyining Violonchel mutaxasissligi bo‘yicha tahsil oladi. Otasi kabi qo‘shiq kuylashga ishtiyoqi, musiqaga bo‘lgan qiziqishi yosh ijodkorni yuksak cho‘qqilarga olib chiqishiga ishonamiz. Shu qatorda bo‘lajak ijodkorning timsolida marhum otasi Mo‘min Oripovni ham hamisha yonimizda ekanidek his etishimizga ishonamiz.
Marhamat, saytimizdan o‘rin olgan Bilolxo‘ja Oripovning navbatdagi ijod mahsulini tinglang va baxo bering.
Категория: MP3 KO'CHIRISH (MUSIQIY TAQDIMOTLAR)
Просмотров: 5656 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Anhor Mo'min Oripov, Bilolxo‘ja Oripov
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 03:00
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное