Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

«Bir haftalik xo’jayin» filmi prem’erasidan reportaj!!!

O’zbek kino ijodkorlar tinmay filmlar suratga tushirishmoqda. Bugun yana bir kinokartinaning premyerasi bo’lib o’tdi. Yosh rejissor Sherzod O’lmasov tomonidan suratga olingan romantik kinokomediya «Bir haftalik xo’jayin» deb nomlanadi.
Mazkur film premyerasidan reportajni qarshi oling!!!

Alisher Navoiy kino saroyi bugun 2014-yilning 22-yanvar sanasida tomoshabinlar bilan to’lib toshdi. Sababi esa, yuqorida aytib o’tganimizdek yangi film premyerasi. «Bir haftalik xo’jayin» deb nom olgan yangi kartinaning nomini o’ziyoq sizlarni e’tiboringizni tortgan bo’lsa ajab emas. Mazkur kartinada Nargiza Salmonova, Zuhra Solieva, Yoqub Ahmedov, Jumadilla Rametov, Alisher Parmonov kabi aktyorlar ishtirok etishgan. Film prem’erasi oldidan kichik konsert ham bo’lib o’tdi, desak mubolag’a bo’lmaydi. Zero, film namoyishiga qadar bir qator musiqiy chiqishlar bilan estrada vakillari hamda, raqs ustalari tashrif buyurganlarning ko’nglini olishga harakat qildilar. So’ngra esa film ijodkorlari sahnaga chiqishdi. Ijodkorlar bilan qisqacha tanishuv bo’lib o’tgach esa, filmning ilk namoyishi bo’lib o’tdi. Qiziqarli filmning voqeasi haqida ortiqcha to’xtalib o’tirmaymiz, yaxshisi buni o’zingiz 23-yanvardan boshlab istalgan kunda kinoteatrlarga tashrif buyurib, tomosha qilgan holda bilib olganingiz ma’qul.



Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 3807 | Рейтинг: 8| Рейтинг: Bir haftalik xo’jayin
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 23:57
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное