Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Ishdagi Ishq - Песнка о погоде
. Ayol Qalbi - You can't say (english version)
. Saroy Javohiri-Soundtreck3
. Shamollar Mamlakati - soundtreck 2 (korea)
. Sevgi Iztirobi - Anlatamam
. Muxabbat va Extiros - Soundtreck (love)
. Qirolicha - Soundtreck (slow version)
. Yoz Ifori - Soundtreck
. Dengiz hukumdori - Offical soundtreck
. Qaqnus - Destiny (korea)
. Kuz ertagi-soundtreck 2
. Osiyo-Asi [+ soundreck]
. Osiyo-Asi [soundtreck]
. Saroy Javohiri-Soundtreck7
. Gulperi - Soundtreck (Turk serial)
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Bir xil fikrlaydigan, bir xil ohangda so`zlaydigan, hatto, bir-birini tanimagan paytlari ham bir xil niyat qilgan juftlik




 

So`z ustasining rafiqasi ham anchayin so`zamol ekan. Suhbat davomida jurnalistlikka ham da`vo qilib, bizni shoshirib qo`ydi. Hayron bo`layapsizmi, unda suhbatni diqqat bilan o`qing. 

Bir xil fikrlaydigan, bir xil ohangda so`zlaydigan, hatto, bir-birini tanimagan paytlari ham bir xil niyat qilgan juftlikni uchratganmisiz? Loyihamizning galdagi qahramonlari — Nilufar va Ma`mur XOLMEDOVlar ana shunday juftlik! So`z ustasining rafiqasi ham anchayin so`zamol ekan. Suhbat davomida jurnalistlikka ham da`vo qilib, bizni shoshirib qo`ydi. Hayron bo`layapsizmi, unda suhbatni diqqat bilan o`qing. 

— Ma`mur aka, uylanish «operasiya»si qiziq bo`lgandir? Kelinni kim topgan? 

Ma`mur: — Ijod bilan bo`lib, yigirma sakkiz yoshimda uylandim. Nilufarni mendan oldin onam yoqtirib qolgan. Do`stimning singlisining to`yida boshlovchi bo`lgandim. Nikoh oqshomi tasvirga olingan diskni tomosha qilgan onam qizlar orasidan Nilufarni ko`z ostiiga olib qo`yibdi. Keyin menga ko`rsatib, «Xo`sh, nima deysan, ma`qulmi?» dedi. «Ha, chiroyli qiz ekan», desam. «Uylanasanmi, shunga?» deya sovchilikka otlanib qoldi. Ertasi kuni onam bilan birga sovchilikka borganmiz. 

— To`y bahona, taqdiringizni uchratgan ekansiz-da?

Nilufar: — Dugonamning to`yiga ikki soatga borgandim, xolos. Rostini aytsam, tashrif buyurgan san`atkorlarga e`tibor bermaganman. Ma`mur akani ham payqamaganman. Lekin sovchilari kelmasidan ilgari qiziq voqea bo`lgan. «Mirzo» teatrining konsert dasturi yozilgan diskni oilaviy tomosha qilayotgandik. Ekranda Ma`mur aka paydo bo`lishlari bilan negadir ikki yuzim qizarib, hayajonlanib ketsam, deng. Uyalganimdan xonadan chiqib ketganman. 

Ma`mur: — Yuraging jiz etganda, meni ko`rib. Taqdir belgi bergan, hali zamon sovchilari ham kelib qoladi, deya. 

—  Xo`sh, ilk uchrashuv qanday bo`lgan?

Ma`mur: — Bir-birini ko`rishsin, deb meni uyga taklif qilishganida Nilufar choy o`rniga yaxdek sharbat bilan siylagan. «Kun issiq, choy ichib nima qilasiz», degandi.

Nilufar: — Xuddi bilgandek apelsin sharbati bilan mehmon qilganman. Ma`mur aka bu mevani juda yoqtiradi. 

Ma`mur: — O`zi ham meni yoqtirganda, bo`lmasa issiq kunda qaynoqqina choy berardi, maza qilib iching-da, ketavering, deb (kulib). Uylanmasimdan oldin bir marta sovchilikka borilsa, qizni bir ko`rishdayoq yoqtirib qolsam, shu bilan to`y bo`lsa, deya niyat qilardim. Haqiqatan so`raganimga yarashasi bo`ldi. 

Nilufarning samimiyligi, savollarimga ochiq-oydin javob berishi meni rom etgan. Uyga kelgach, onamga «Agar sizga  ma`qul kelgan bo`lsa, shu qizga uylanaman!» degandim. 

Nilufar: — Birinchi uchrashuvmizda men atay «Turmushga chiqsam, ishlamayman, uy bekasi bo`laman», deganman. Keyin bilsam, xo`p Ma`mur akaning ham ko`nglidagi shu gap bo`lgan ekan. 

Ma`mur: — Savol bermasimdan javobini o`zi aytib qo`ygan-da. Chunki uylansam, ayolimni ishlatmayman, uyda, ota-onamning xizmatini qilib, farzandlarimizni tarbiyasi bilan shug`ullanadi, derdim doim. Ammo hozir bir-bir «Bekor ishlamayman deganman-da!» deb qoladi. «Endi foydasi yo`q, aytilgan gap — otilgan o`q!» deya hazillashaman.  

— Nilufar, Ma`mur akaning san`atkor ekanligi o`ylantirmaganmi?

Nilufar: — Biroz hadik bo`lgan. Ammo keyin turmush o`rtog`imning o`zini tutishi, muomalasi, samimiyati xavotirlarimni havoga sovurgan. 

— To`ydan oldin va`dalar osmon-osmon bo`lgandir-a?

Ma`mur: — «Osmondagi oyni olib beraman», deya va`da bermaganman. Chunki o`sha oyning o`ziga xaridor bo`lgandim-da. 

Nilufar: — Ba`zi yigitlarga o`xshab, qop-qop va`da bermaganlari uchun ham bu kishiga hurmatim ortgan. 

— Rafiqangizga «siz» deb murojaat qilayapsiz. Bu shunchaki suhbat uchunmasmi? 

Ma`mur: — O`sha paytlarga qaytarganingiz uchun sizlayapman. To`yimizdan bir necha oy o`tib, «Endi sizga senlab murojaat qilsam, nima deysiz?» deganman. Taklifim ma`qullangach, «qalaysan» deb gap boshlaganman. Aslida «sen» ham, «siz» ham bir og`izdan chiqadi. Lekin bir narsaga sira o`rgatolmadim-da. «Begim» deyishini xohlagandim. Yo`q, uyaladi. 

Nilufar: —  Noqulay-da. Ma`mur aka kelinoyisiga «Ayolim meni «Begim» deydi, mana ko`rasiz», deb maqtangan.

Ma`mur: — Akamning ayoli Lola kelinoyimni birinchi raqamli kelin deyishadi. Yaqinlarimizning mehrini, hurmatini qozongan ayol. Nuqul «Kelinoyi, mana, ko`rasiz, mening xotinim sizdan ham o`tadi», derdim. Akamga ham qizni onam topgan. Bir marta sovchilikka borib, so`ng to`y bo`lgan. Turmushlariga astoydil havas qilgandim. O`zimda ham xuddi shunday bo`ldi. 

— Oilangiz tarixida tasodiflar, kutilmagan hodisalar ko`pmi, deyman.

Ma`mur: — Ha. Qaynonam hali sovchi bo`lib bormasimizdan oldin «Ro`zg`or maktabi» ko`rsatuvidagi ishtirokimni ko`rgan. Shunda «Hali uylanmaganman» qabilidagi hazilimga «Mana, mening qizimga uylaning, qaniydi, sizdek kuyovim bo`lsa», degan ekan. Bir haftalardan keyin esa onam ostonalarini supurgani borgan. 

Nilufar: — Rosa jaxlim chiqqan o`shanda. Onam bo`lsa, «Atrofida shu-u-u-uncha qiz, senga yo`l bo`lsin», degandi (kuladi).

— Ma`mur aka, arazlashib qolsangiz, qiziqchiligingiz qo`l kelsa kerak-a?

Ma`mur: — O-o-o, nimasini aytasiz?! Arazimiz ko`pi bilan 10 daqiqa davom etadi. Xarakterim shunaqa, xafagarchilikni tez unutaman. Ammo ayollarda unday emas, o`zlaricha gina saqlashadimi-ey. Turmushimizning ilk pallarida kuzatilardi araz-ginalar. «Sen o`zi kimga turmushga chiqqansan? San`atkor bo`lsam, tag`in asosiy soham qiziqchilik bo`lsa, hazillarimni to`g`ri qabul qilishing kerak», derdim. Nilufar bo`lsa, aytganlarimni jiddiy qabul qilardi. Hozir bu borada muammo yo`q. Tushunadi. 

— Ba`zi san`atkorlarning ayollari erlarini ijro etgan rollaridan ham qizg`anishadi. Siz-chi, qanday vaziyatlarda rashkingizni ko`rsatib qo`yishni lozim topasiz?

Nilufar:  — Nishonga to`g`ri urdingiz (turmush o`rtog`iga qarab qo`yib). Rollari, partnyorlaridan rashk qilmayman-u, lekin xizmatlarga ketayotganida suratga tushaylik deydigan qizlar, raqamlarini so`raydigan «muxlisalar»i bo`lishini o`ylab, rakshdan yonaman. Suhbatimizni o`qayotgan qizlar diqqatiga: rashkim yomon!

Ma`mur: — Erini birovga berib qo`yadigan ahmoq yo`q, degin.

Nilufar: — To`ppa-to`g`ri (kulgu ko`tarildi)! 

— Ma`mur aka, xushchaqchaq inson. Kayfiyati bo`lmasa, seziladimi?

Nilufar: — Odatda bildirmaydi. Alohida xonaga kirib ketib, o`zlariga kelib oladi.

Ma`mur: — Hayotda hamma narsa bo`lib turadi. Tushkunlikka tushib qoladigan vaziyatlar ham bor. Lekin muammoni o`zingizda saqlashingiz noto`g`ri. O`tkazib yuborishi kerak. 

— Ikkingizni kuzatib turib, bir savol keldi xayolimga: bir-biringiz uchun o`zgarishingiz mumkinmi?

Nilufar: — Mumkin!

Ma`mur: — Ya`ni sen men uchun qanday o`zgarishlar qilishga tayyorsan?

Nilufar: — Avval sizdan bo`lsin. Shunga qarab, men ham quruq qo`ymayman. (kuladi). Rostini aytganda, hecham o`ylab ko`rmagan ekanman. Shu savolni salgina boshqacha talqin qilsak-chi? Masalan, siz meni qay tariqa o`zgarishimni istardingiz? Uyda so`rolmayman, paytdan foydalanib qolay. 

Ma`mur: — Bilasizlarmi, azizlar, bugun o`zim uchun yangilik kashf qildim. Ayolimdan zo`r jurnalist chiqarkan. Ko`rmaysizmi, savolingizni darrov o`ziga to`g`rilab oldi. 

Nilufar: — Javob berishdan qochmang.

Ma`mur: — Bilmasam, qanaqa o`zgartirish qilsam ekan-a?

Nilufar: — Ishqilib o`zimni yangisiga o`zgartirib yubormasangiz bo`lgani.

Ma`mur: — Agar vaqt olti yil ortga qaytib qolganida, yana o`sha kun, o`sha lahzalarni qaytadan his etish nasib qilganidami... Yana seni tanlardim. Sendan ko`nglim to`q. Qanday bo`lsang, shundayligingcha qol. Maqtanayapti demang-u, ayolim juda pazanda, sarishta. Ko`zimga qaraboq nima hoxlayotganimni tushunadi. O`zim ham qoyil qolaman. 

— Bundan uch yil avval suhbatlashganimizda yangi mehmon kutayotgandingizlar. Vaqtning o`tishini qarang. 

Ma`mur: — Ha! Shu yil to`ng`ichimiz Madina 5 yosh, Robiyaxon 3 yoshga to`ladi. 

— Bolalar tarbiyasida kim ko`proq qattiqqo`llik qiladi?

Ma`mur: — Onasi. Men qattiq gapirolmayman. Qizlarimni erkalayman, birga o`ynaymiz! Tanbeh berishni ayolim boplaydi. 

Nilufar: — Dadasi qizlarning «tanka»si. Aybini yashirib, kechirib ketadi. Bolalar ham buni bilishadi-da. 

— Madinaxon bog`chaga boradi-a? Ma`mur aka, ota-onalar majlisiga borib turasizmi, hech?

Ma`mur: — Rostini aytaman, sira bormaganman. Bu vazifa ham Nilufarning elkasida. Vaqtim bo`lsa, bog`chaga olib-borib kelaman. 

— Qizlarning ham san`atga qiziqishi bormi?

Nilufar: — Kechki ovqatdan keyin oilaviy shou tashkillashtiradigan odatimiz bor. Madina qo`lini mikrofon qilib, ashula aytadi. Ovozi juda jarangdor. Kichigimiz o`yinga tushadi. 

— Nima deb o`ylaysiz, sizningcha muhabbatning umri qancha davom etishi mumkin? 

Ma`mur va Nilufar: — Bir umr! Ilohim, baxtimiz bardavom bo`lsin! 

— Niyatingiz ham ijobat bo`lsin! Oilangizga juda havasim keldi. Baxtingizga ko`z tegmasin!

TASAVVUR QILING...
— Tun. Uxlayapsiz. Birdan ertaga bayram ekanligi yodingizga tushdi. Tabiiyki, sovg`a olmagansiz. Nima qilasiz?

— Qaysi bayramligiga qarab yo`l tutaman. Eng chiroyli sovg`a shirin so`z! Muhabbat izhori! 

— Ayolingiz sizga kamroq e`tibor berayotganini sezsangiz... Qanday xayolga borasiz?

— Bunday holat bo`lgan. Vaziyatni tushunishga harakat qilaman. Chunki menga e`tibori kamaygan vaqt ota-onam, farzandlarim bilan band bo`ladi.  

— Kechqurun ayolingizning qo`l telefoniga «SMS» kelca...

— Faqat tasavvur qilamiz-a?! Tutaqib ketishim mumkin, «Nega?» «Kimdan?» deb. Biroq o`zimni nazorat qilolaman, surishtiraman. 

BLIS SAVOLLAR:

— Ma`mur akani bolaligida nima deb erkalatishgan?

Nilufar: — Bilmas ekanman.

Ma`mur: —  Chaqaloqligimda  «qorashaqshaq» deb erkalashgan ekan. Sochim-qoshim qop-qora bo`lgani uchun. Hamma bolalar yig`lasa, men nuqul kularkanman. 

— Maktabda ikki baho olganmi?

Nilufar: — Ha!

Ma`mur: — Kundaligim turli baholar bilan bezalgan. 

— Volidasi uchun atalgan ilk sovg`asi?

Ma`mur: — Nilufar bu haqida bilmaydi. Onamning tug`ilgan kunida Maykl Jekson raqsini o`zim mustaqil o`rganib, ijro etganman. O`shanda 6-sinfda o`qirdim. 

— Siz bilan maslahatlashmoqchi bo`lsa, o`zini qanday tutadi?

Nilufar: — So`z ohangi o`zgaradi. 

— Yolg`on gapirsa-chi?

Nilufar: — Aldashni eplolmaydi, darrov sezaman.

Ma`mur: — Boshqalarni bemalol aldashim mumkin. Nilufarga «tishim» o`tmaydi. 

Dildora YuSUFBEKOVA tayyorladi



Manba:Tarona.net
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 3920 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Mamur xolmedov
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 11:11
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное