Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Vorislar - Narin ne (serial korea)
. Qirolicha - Soundtreck (Mishel xonim)
. Великолепный Век-Soundtreck 2
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - piano music soundtreck
. Soundtreck-Великолепный Век
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Sensizlik
. Qor Alangasi - Soundtreck [Offical]
. Tabib-soundtreck (koreya)
. Oppog'oy Zamonaviy talqinda-Белоснежка.2012 (soundtreck)
. Efir Sirlari - Soundtrack 5
. Ziyoda-Super Qaynona [soundtreck]
. Tanho malagim - Soundtreck
. Romeo va Juletta - soundtreck
. Sevgi Iztirobi - Anlatamam
. Yoz Ifori-Soundtreck
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

Biz bilgan va bilmagan 007!

Buyuk Britaniyaning eng mashhur aktyori deganda ko‘z o‘ngimizda bexosdan Deniel Kreyg gavdalanadi. Ha, “Bond! Jeyms Bond”! Tub inglizlarga xos viqor, moviy ko‘zlar, sarg‘ish sochlar... Kreyg “Royal” kazinosi”dagi ilk “007” obrazi orqali minglab muxlislar orttirdi. Ular orasida Qirolicha Yelizaveta II oilasidagilar ham bor. Bu aktyor bugungi kunda Angliya kinosida iftixorga ham aylangani rost. Bugungi faktlar bizga tanish va notanish Denielni sizga yanada yaqinroq tanishtirishiga umid qilamiz.
FAKTLAR:
- To‘liq ism-sharifi: Deniel Rafton Kreyg.
- 1968 yil, 2-martda tavallud topgan. 47 yosh.
- Burji: baliq.
- Bo‘yi: 1,78 metr.
- Faoliyati: 1985-2015 yilga qadar jami 131 ta filmda suratga tushgan.
- Prodyuser sifatida: “Omadsizning xotiralari” (2008), “Spektr” (2015).
- Ma’lumoti: Gaydxoll drama san’ati va musiqa maktabi.
- Professional sahnada uning debyuti – Shekspirning “Troil va Kressida” pesasidagi Agamemnon roli. Yosh aktyor uchun bu tengsiz tajriba va dunyoni ko‘rish imkoniyatini yaratdi: teatr ko‘plab mamlakatlarda gastrolda bo‘ldi.
- Otasi Tim Kreyg bir necha bor o‘z kasbini o‘zgartirgan: savdo flotida dengizchi, injener va pab xo‘jayini.
- Onasi Oliviya Kreyg o‘qituvchi bo‘lgan.
- Professinal regbi o‘yinchisi.
Ijodda omadi chopgan bu jentelmenning shaxsiy hayoti tekis kechmadi. Fiona Laudon bilan oila qurgach, 1994–yilda qiz farzand ko‘rdi. Ella esini tanigach, otasi ajrashib ketganini angladi. Deniel Xayka Makatch va Satsuke Mitchell kabi ayollar bilan ham jiddiy munosabatda bo‘ldi. 2010-yilda aktyor Mitchell bilan er-xotin munosabatini bog‘lab yurgan kezlarida ham yurak eshiklarini boshqa bir ayol uchun ham ochdi: aktrisa Reychel Vays! 2011-yilda Reychelga uylandi. Eng qizig‘i, to‘yga bor-yo‘g‘i 4 ta mehmon taklif etildi. Ulardan ikkitasi esa er-xotining farzandlari edi: Kreygning qizi Ella va Vaysning 4 yashar o‘g‘li Genri.  

Deniel Kreygning eng hurmatga loyiq jihatlaridan biri, u qator xayriya tashkilotlarining a’zosi hisoblanib, yetim bolalarga yordam berib keladi.
Asl “007” biz uni kinoda tanigan faqat josus emas, u ana shunday mehribon va tanti inson hamdir!
Jasur HAMROYEV  


Manba:sayyod.com
Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 4946 | Рейтинг: 1| Рейтинг: 007, Biz bilgan, va, bilmagan
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 22:08
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное