Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » FOYDALI MASLAXATLAR

Bo`lajak yoringiz qanday bo`lishi kerak?




Atrofda turli fe`l-atvorli yigitlar bisyor. Biroq ular orasidan o`zingizga munosib, birgina nazar bilan ko`nglingizdagilarni tushunib oladiganini topish chindan-da mushkul vazifa. Quyidagi qiziqarli savollarga javob berib, millionlab insonlar orasidan o`z juftingizni tanib olishingiz mumkin.

1. Siz uchun ideal erkak, eng avvalo…

A. Rejalarimni amalga oshirishda ko`makdosh bo`lishi lozim.

B. Do`st, hamkor, doim yonimda bo`ladigan inson.

V. Himoyachi, uning oldida o`zimni bexatar his etish men uchun juda muhim.

2. Erkak va ayol o`rtasidagi yosh tafovuti qanaqa bo`lishi kerak?

A. Yoshroq bo`lsa, qayta tarbiyalash ham oson kechadi.

B. Tengqurlarim bilan til topishishim osonroq.

V. Tanlagan insonim mendan katta va tajribali bo`lishini istayman.

3. Aytaylik, tanlagan insoningiz bilan arazlashib qoldingiz. Kim birinchi bo`lib yarashish uchun qadam tashlashi kerak?

A. Albatta, erkak kishi, ular his-tuyg`uga kamroq berilishadi.

B. Har ikki taraf ham bu noxushlikni uzoqqa cho`zmagani ma`qul.

V. Ayolning bir pog`ona pastroq turishi munosabatlarni mustahkamlaydi.

4. Oilangizda majburiyatlar qanday taqsimlanishini istaysiz?

A. Har qanday holatda ham erkak kishi ayoliga yordamlashishi zarur. Axir ro`zg`orda ayol eplolmaydigan ishlar ham bor.

B. Uy ishlari 50:50 taqsimlanishining tarafdoriman.

V. Uy yumushlari azaldan ayol kishining zimmasida bo`lgan, bundan keyin ham bu odatni o`zgartirishning imkoni yo`q.

5. To`y sayohatiga qaerga borishni istaysiz?

A. Hali ko`rmagan joylarimni ko`rishni istayman.

B. Ikkalamiz kelishib bir qarorga kelamiz. Uning ham fikri muhim, axir biz endi bir oilamiz!

V. Butunlay unga ishonaman, bu men shug`ullanadigan masala emas.

6. Erkaklarning qaysi jihatlarini yoqtirmaysiz?

A. Qattiqqo`llik, mag`rurlik, yakka hokim bo`lishga intilish.

B. Xudbinlik, izzattalablik.

V. Landovur, qaror qabul qila olmaydiganlarni jinim suymaydi.

7. Yigit kishi sizga qanday sovg`a qilishi kerak?

A. Biror kerakli buyum bo`lishi kerak.

B. Meni ham hayratlantiradigan, ham yoqimli narsa.

V. Muhimi, qimmatbaho bo`lishi lozim, nima arzimaymanmi!

8. Mansab pillapoyalari va oilani tanlashga to`g`ri kelsa…

A. Albatta, inson o`z ishiga, o`rniga ega bo`lishi kerak.

B. Menimcha, ayol o`ziga etarlicha pul topsa va oilasiga ham vaqt ajrata olsa, muammo yuzaga kelmaydi.

V. Agar turmush o`rtog`im toparmon-tutarmon bo`lsa, hayotimni farzand tarbiyasiga bag`ishlashdan cho`chimayman.

9. Qaylig`ingiz qizlar e`tiboriga tushsa, siz...

A. Tabiatan juda rashkchiman, bunid umuman ko`tarolmayman.

B. Bu menga yoqadi, ammo taltayib ketmasa bo`lgani.

V. Hammaning e`tiboriga tushgan yigit faqat menga e`tibor qaratganidan xursand bo`laman.

Natijalar

Aksariyat javoblari A bo`lsa…

Siz kuchli ayolsiz, qo`llovlarga, qabul qilgan qarorlaringizni kimdir ma`qullashiga ehtiyoj sezmaysiz. Balki shu sababdan ham yoningizda bosiq, tuyg`ularini nazorat qila oladigan yigit bo`lishini istaysiz. Ammo unga «o`g`lingiz»dek g`amxo`rlik qilishga odatlanib qolishingiz mumkin. Shu sababdan tashabbusni qo`lga olavermay, yigitga ham imkoniyat berishingiz lozim.

Aksariyat javoblar B bo`lsa…

Siz uchun ideal inson birinchi navbatda do`st bo`lishi lozim. Qiziqishlaringiz bilan bemalol o`rtoqlasha oladigan, fikringizni qarashingizdan tushunadigan yigit bilan baxtingizni topasiz.

Aksariyat javoblari V bo`lsa…

Juftingizni qat`iyatli va o`ziga ishongan insonlar orasidan izlang. Chunki ularning oldida o`zingizni himoyalangan sezasiz. Ammo yodingizda bo`lsin, tizginni butunligicha uning qo`liga topshirib qo`ygan ayolllar erkaklarni osongina zeriktirib qo`yishlari mumkin. Shuning uchun oilam mustahkam bo`lsin desangiz, o`z ustingizda ishlashdan to`xtab qolmang.


Категория: FOYDALI MASLAXATLAR
Просмотров: 5427 | Рейтинг: 0| Рейтинг: oila
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 14:23
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное