Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SPORT YANGILIKLARI

“Bojxona to‘lovlari 0 foiz bo‘lishi kerak. Raqobat bo‘lishi kerak”. Mirziyoyev import avtomobillariga qo‘yilgan bojlar haqida

Shavkat Mirziyoyev huzurida 14-fevral kuni mashinasozlik sanoatida amalga oshirilayotgan ishlar va 2022-yildagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda avtomobil sotib olishdagi navbatlar va oldindan to‘lov qilish masalalariga to‘xtalib o‘tdi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanalidagi “Menimcha” ko‘rsatuvida ma’lum qilindi.

Bugungi kunda xaridor bitta avtomobil xarid qilishi uchun to‘lovning belgilangan qismini to‘lagandan so‘ng ham bir necha oy navbati kelishini kutishga to‘g‘ri kelmoqda. Prezident eng avvalo shu muammoni uzil-kesil 1-mayga qadar hal qilish shart ekanini bildirdi.

Shuningdek, yig‘ilishda import avtomobillariga qo‘yilgan bojxona bojlari masalasi ham ko‘rib chiqildi.

“Baribir sekin-sekin bu bojxona to‘lovlari 0 foiz bo‘lishi kerak. Raqobat bo‘lishi kerak. Arzon, sifatli. Bir oddiy shifokor, oddiy mehnatkash, oddiy fuqaromiz qancha mehnat, mashaqqat qilib yig‘gan pulini bir yilga avtosanoatga aylantirish uchun berib qo‘yishi — adolatdan emas”, – deydi davlat rahbari.

 



Категория: SPORT YANGILIKLARI
Просмотров: 2318 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Nursulton Ro‘ziboyev, MMA
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 09:50
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное