Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Botir Qodirov konserti: Uzoq kutilgan dasturda kutilmagan yangiliklar

Xabaringiz bor, 2015 yilning 21-22-23 noyabr kunlari poytaxtimizdagi “Istiqlol” san’at saroyida iste’dodli san’atkor Botir Qodirovning uzoq kutilgan yakkaxon konserti bo‘lib o‘tadi. Xonanda o‘zining diltortar, yuqori mahorat bilan ijro etgan taronalari bilan xalqimiz qalbidan shu qadar chuqur joy olib ulgurdiki, chiptalar juda qisqa muddatlarda sotilib ketdi. Muxlislar talab va istaklari inobatga olingan holda konsert o‘tkaziladigan kunlari kunduzgi seanslarga ham dasturlar belgilashga majbur bo‘lindi. Shunday qilib, xalqimizning sevimli xonandasi Botir Qodirov uch kechayu uch kunduz konsert beradigan bo‘ldi.
Xo‘sh, konsert dasturida muxlislarni qanday yangiliklar kutmoqda? Eng avvalo, u oddiy konsert emas, balki shou tarzida tashkil etiladiki, ayrim o‘rinlarda san’atkorning nafaqat xonandalik salohiyati, balki aktyorlik, raqqoslik mahoratiga ham guvoh bo‘lish mumkin. Konsert ssenariysini tuzishda esa xalqaro toifadagi prodyuser Franki Raden takliflaridan ham foydalanilgan. Undagi vizualizatsiya va yoritish effektlari dasturning bayramona, shukuhli o‘tishiga xizmat qiladi, deb aytish mumkin. 
Yana bir ahamiyatli jihati shundaki, konsertda milliy kuy-qo‘shiqlar jonli tarzda ijro etiladi. Butun boshli dasturni jonli tarzda o‘tkazishga xonandaning qurbi va salohiyati yetishiga shubha bo‘lmasa-da, ayrim taronalar fonogramma orqali taqdim etilishi aytilmoqda.
“Aslida konsertni to‘liq jonli ijroda o‘tkazishni reja qilgan edik, – deydi xonandaning prodyuseri Abror Po‘latov. – Biroq dasturning shou tarzida o‘tkazilayotgani, unda videomateriallardan foydalanilayotgani va ayrim texnik sabablar tufayli fonogrammadan foydalanishga qaror qilindi. Repertuardan shunday qo‘shiqlar joy olganki, har qanday yuragi “katta” san’atkor ham ularni ijro etganidan so‘ng konsertni davom ettirishga kuch topa olmay qolishi mumkin. Ana shunday taronalardan biri Botir Qodirovning marhum onasiga bag‘ishlangan...”
Prodyuser bizga konsertning barcha tafsilotlari, rejalari to‘g‘risida oshkor qilmadi. Ammo uzoq kutilgan dasturda muxlislar uchun kutilmagan yangiliklar juda ko‘p ekanini, bunga konsert mobaynida guvoh bo‘lishlarini alohida ta’kidlab o‘tdi.


Manba:kun.uz
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 5356 | Рейтинг: 1| Рейтинг: dasturda, Uzoq kutilgan, kutilmagan yangiliklar, Botir Qodirov konserti
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 01:32
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное