Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

Bozorlardagi "Baron"ni sotayotganlar nazorat qilinyapti

“Baron” filmi bormi, deb bir qancha odamlar kelib so‘rashmoqda, biroq barcha disk sotuvchilar ichidan zil ketgancha bosh chayqatishmoqda”.
“Qalampir.uz” saytining “Mobil muxbir” loyihasiga yo‘llangan xabarlarga qaraganda, ayni damda Toshkentda Abu-saxiy, Chorsu, O‘rikzor va Qo‘ylik bozorlarida huquq tartibot organlari – Toshkent shahar Ichki ishlari bosh boshqarasi xodimlari va Davlat soliq qo‘mitasi vakillari ishtirokida “Baron” filmining kontrafakt nusxalarini noqonuniy yo‘llar bilan sotayotgan chayqovchilar ustidan nazorat ishlari olib borilmoqda.

“Baron” filmi bormi, deb bir qancha odamlar kelib so‘rashmoqda, biroq barcha disk sotuvchilar ichidan zil ketgancha bosh chayqatishmoqda”, – deb yozadi “Qalampir.uz”ga xabar berayotgan Bekpo‘lat Xudoyberganov. 

Oldinroq “O‘zbekkino” Milliy agentligi  buyurtmasiga binoan rejissyor Rustam Sa’diev tomonidan suratga olingan “Baron” filmining kontrafakt nusxalari bozorlardagi noqonuniy disk rastalarida 5.000 so‘mdan sotilyotgani haqida xabar bergan edik. Kontrafakt disklarni sotayotganlar huquq-tartibot organlari tomonidan nazoratga olingani biror natija berishiga umid qilamiz. 


Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 4450 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Baron
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 23:52
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное