Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Britaniyalik erkak o‘z rafiqasini sotuvga qo‘ydi

Ebay.com saytida paydo bo‘lgan e’lon aksariyat internet foydalanuvchilarining e’tiborini tortdi, deb yozadi “Vesti”.
Britaniyalik erkak mazkur sayt orqali xotinini sotish haqidagi e’lonni joylashtirdi. U xotiniga 65000 funt taklif qilishganini ko‘rib, hayratini yashirolmadi. Bu esa Jaguar avtomobilining o‘rtacha narxidan ham qimmatroq. 
Saymon O'Keyn o‘z e’lonida xotinining fazilatlari va kamchiliklarini avtomobilni tariflagandek sanab o‘tadi. 
Masalan, u xotinining fazilatlarini sanab o‘tar ekan “Qoniqarli tashqi ko‘rinishga ega, kuzovdagi bo‘yoq yaxshi saqlab qolingan”, deb yozadi. Erkak rafiqasining fazilatlari orasidan uning yaxshigina pazanda ekanligini ham alohida ta’kidlab o‘tadi. 
Xotinining kamchiliklarini sanaganda esa “Unga bironta qo‘shimcha aksessuar sotib olib bermaguningcha u o‘ziga xos ovoz chiqarib turishi”ni ham aytib o‘tgan. “Ba’zida u tayyorlagan taomni iste’mol qilgach, shifoxonaga tushish hech gap emas”ligini xazil aralash yozib qoldirgan. 
“Umuman olganda, bu ayrim baxtli insonlarga asqotadigan va uncha yomon bo‘lmagan model” ekanligini aytadi. Shuningdek, “sotilgan mahsulot qaytarib olinmasligini” alohida eslatib o‘tdi. 
Xotinini sotish uchun sabab qilib esa, Keyn sog‘ligidan shikoyat qilganida undan yetarlicha mehr ko‘rmaganini aytgan.
Keyn xonim dastlab bu e’londan jahli chiqqani, keyin esa kulgudan o‘zini to‘xtatolmaganini aytib o‘tgan. Uning aytishicha, turmush o‘rtog‘i juda xazilkash inson bo‘lgani sabab, bunday xazillarga ko‘nikib ketgan.  “U bu xazili uchun javob beradi—menga yangi sumka sotib olib beradi”,—deydi Keyn xonim. 
Mazkur e’lon hozirda onlayn savdo-sotiq saytidan olib tashlangan, biroq juranalistlar undan skrinshot qilishga ulgurishdi.


Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 6838 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Britaniyalik erkak
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 04:54
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное