Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - In Front Of Your
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck
. Qirolicha - Soundtreck (Mishel xonim)
. Великолепный Век-Soundtreck (of Rada Ray)
. Qirolicha - Soundtreck (Bidam Love)
. Qirol va Kanizak - Soundtreck
. Vorislar - Some Other Day (serial korea)
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Lyn My Destiny
. Kelin - Soundtreck (Hind serial)
. Tabib-Nadin kal kai (soundtreck koreya)
. Efir Sirlari - Soundtrack 2
. Efir Sirlari - Soundtrack 5
. Shamollar Mamlakati - soundtreck love (korea)
. Kuz ertagi-soundtreck
. Sevgi Iztirobi - Yllar Sonra (turk seriali)
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Bu 2019 va 2020 yil emas! Olimlar koronavirusning «ajdod»lari qachon paydo bo‘lganini aniqlashdi

SARS-CoV-2 koronavirusining «ajdod»lari taxminan 40-70 yil muqaddam paydo bo‘lgan. Bu haqda Xitoy, AQSh va Yevropa molekulyar biologlari o‘tkazgan tadqiqot natijalari dalolat bermoqda.

Tadqiqotchilarning xulosalari 28 iyul kuni «Nature Microbiology» jurnalida chop etildi.
SARS-CoV-2ning eng yaqin «ajdodi» RaTG13 bo‘lib chiqdi. Ular taxminan 1948-1969 yillarda bo‘linib ketishgan. Sal keyinroq, 1952 va 1970 yillar oralig‘ida COVID-19 va SARS atipik pnevmoniya qo‘zg‘atuvchilari bir-biridan ajralib ketishgan.
Iyul oyida xalqaro olimlar guruhi Garvard tibbiyot maktabi neyrobiologlari rahbarligi ostida nima uchun COVID-19da ma’lum vaqtgacha hid bilish qobiliyati yo‘qolishini aniqlashgandi.
Avvalroq virus burun bo‘shlig‘ining yuqori qismlaridagi hujayralarni zararlagani bois neyronlar hid haqidagi signallarni miyaga yubormay qo‘yadi, deb hisoblangan. Biroq yangi tadqiqot buni inkor etmoqda. O‘zgarishlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri neyronlarning zararlanishi bilan emas, hujayralarning faoliyatiga ta’siri bilan bog‘liq, deya ta’kidlamoqda mutaxassislar. Shu tariqa, koronavirus neyron tarmoqlarida tiklanmas o‘zgarishlarni keltirib chiqarmaydi, degan xulosaga kelish mumkin. Buni esa yaxshi yangilik desa bo‘ladi, deydi mutaxassislar.
COVID-19 kasalligini keltirib chiqaruvchi SARS-CoV-2 koronavirusi 2019 yil dekabrda tarqala boshladi. Xitoyning Uxan shahri infeksiya o‘chog‘i hisoblanadi. O‘tgan bir necha oy davomida kasallik dunyoning 213 ta davlatini qamrab oldi. 11 mart kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti pandemiyani e’lon qildi.


Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 10381 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Olimlar, Koronavirus
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 01:57
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное