Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

“Bu kelinim va onasi o‘ylab topgan tuhmat” – keliniga shilqimlikda ayblanayotgan qaynota javob berdi


Toshkent viloyatining Chinoz tumanidan bo‘lgan kelinchak Muxlisa Rahmatova “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Uchburchak” tok-shousida qaynotasi unga xushomad qilib, uning qo‘lidan o‘pmoqchi bo‘lgani haqida xabar bergan edik. Albatta, bu voqealarga na biz va na ko‘rsatuv mualliflari guvoh bo‘lgan.

Dasturda ishtirok etgan mahalla fuqarolar yig‘ini maslahatchisi kuyovning oilasiga ijobiy baho berib, bu oilani ibratlilar qatoriga qo‘shdi.

Kuyov esa ko‘rsatuvdan ishtirok etishdan bosh tortib, o‘z munosabatini telefon orqali bildirdi.

Ko‘rsatuv mualliflaridan Nozima Vohidova Muxlisa Rahmatovaning qaytonasi bilan ham telefon orqali suhbatlashib, ushbu muloqotni efirga olib chiqdi.

Keliniga xushomad qilishda ayblanayotgan 64 yoshli qaynota esa shunday deydi:

“Ikki yil oldin katta o‘g‘limni alohida chiqarganimda, kichkina o‘g‘lim kelin bilan o‘zaro gaplashgan ekan, “biz alohida chiqaylik” deb, o‘g‘lim “yo‘q, ota-onam bilan qolaman”, degan ekan. Buni bizga aytishmagan.

Uch yil bo‘lgan kelin qilganimizga. Ular rosa janjal qilaverdi. Bizga qariganimizda qiyin bo‘ldi. Kampirimni oyog‘i og‘rigan, unga qaramayman degan. Onasi hukmron ekan uyida. Onasi o‘ktamlik qilaman deb, zo‘rlik qilib shu bo‘htonni uyushtirdi”.

Qaynotaning qolgan gaplarini videoni ko‘rib, eshitishingiz mumkin.


VIDEONI KO'RISH


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 7731 | Рейтинг: 0| Рейтинг: bu, kelinim, qaynota
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 11:45
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное