Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » FIKR MULOXAZA

Bu qizning instagramdagi suratlarida bir muhim jihat bor. Siz uni payqadingizmi?

Bir qarashda fransiyalik Luis Delajning instagram-akkaunti boshqalarnikidan hech narsasi bilan farq qilmaydi.

Luis instagramda avgust oyida ro`yxatdan o`tdi va bir necha kun ichida uni o`n minglab kuzatuvchilarga ega bo`ldi. Suratlarda qiz o`zining yorqin va tashvishsiz hayotini namoyish qiladi: dengizlarda sayr, do`stlar bilan uchrashuv, do`kon va restoranlarga sayr.

Go`yoki Luisning hayotida hammasi risoladagidek, faqat bitta kichkina jihati bor. Siz uni sezdingizmi? Hamma suratda alkogol ichimligi bor.



Deyarli har bir suratda uning qo`llarida ichimlik turganini yoki Luis uni iste`mol qilayotganini ko`rish mumkin. Hatto qo`lida hech narsa yo`qligida ham, spirtli ichimlik barbir kadrda bor.

Ba`zida alkogolni bir qarashda payqash qiyin, ammo u barbir bor. Bu holat qizning o`zi bilmagan jiddiy muammosi bor deganimi?



Unchalik emas. Gap shundaki, Luis Delajning profili haqiqiy emas. U reklama agentligi tomonidan yoshlarni alkogolizm xavfidan ogohlantirish maqsadida ishlab chiqilgan ijtimoiy kampaniya doirasida yaratilgan bo`lib chiqdi.



Reklama agentligi prezidentining ma`lumotlariga ko`ra, yaqin insoningizda alkogol bog`liqlikni payqash tuyulgani kabi oson emas. Buni qanday boshlanishini ko`rsatish uchun ushbu instagram-akkaunt yaratildi, dastavval bundan hech kim hatto shubhalanmadi ham.

Aksariyat kuzatuvchilarga qizning hayoti juda go`zalday tuyulardi, biroq alkogol bog`liqlik borligini aslida payqash murakkab emasdi. Boshqacha qilib aytganda, tajriba ish berdi. Luis Delaj alkogolizmi insonni o`zi anglamagan holda insonlarning hayot tarziga aylanib qolishi mumkinligini isbotladi.



«Ushbu kampaniya ayrim insonlarning ko`zini ochib, vaqtida bu yo`ldan qaytishiga yordam berishidan umidvormiz», — deya ta`kidlaydi reklama agentligi vakillari.


Категория: FIKR MULOXAZA
Просмотров: 11701 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Ayol, Instagram, ichimlik
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 10:46
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное