Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Bugun xonanda Shohruhxon konsertining ilk kuniga start beriladi

Xabaringiz bor yoshlarning sevimli qo‘shiqchisi, o‘zbek estradasining yorqin yulduzi xonanda Shoxruhxon 23-24-26 may kunlari “Istiqlol” san’at saroyida “Yulduzlar” deb nomlangan yakkaxon konsert dasturini taqdim etmoqda. Bugun konsertning ilk kuniga start beriladi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, uzoq kutilgan konsert dasturida 5 ta duet qo‘shiq kuylanishi kutilmoqda. Ushbu duetlar ichida xonanda Shahzoda bilan birgalikda kuylangan “Allo” dueti ham ijro etiladi. Ammo qolgan to‘rtta duet kimlar bilan ijro etilishi haqida aniq ma’lumotlar yo‘q. Bu konsert tashkilotchilari, qolaversa, xonandaning o‘zi tomonidan muxlislari uchun atalgan syurpriz bo‘lishi mumkin.
Oxirgi paytlarda ijodga jiddiy bel bog‘lagan  xonandaning birin ketin yangi qo‘shiqlarini konsert dasturida tinglash imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Ushbu qo‘shiqlardan biri “Darak yo‘q” taronasi bo‘lib, qo‘shiq so‘zini Shohro‘z yaratgan. Oranjirovkasi Jasur Badalboyevga, musiqasi esa Shoxruhxonning o‘ziga tegishli.   Ayni damda qo‘shiqqa klip suratga olinib, muxlislarga taqdim etildi. Klipda bosh rolni Asal Shodiyev talqin etgan.
Bundan tashqari, kutilayotgan  konsert dasturi ajoyib shou dasturiga aylanishi kutilmoqda. Bunga dasturga tashrif buyurib, o‘zingiz shaxsan guvoh bo‘lishingiz mumkin. 
Konsert tafsilotlari haqida saytimiz orqali to‘liq xabardor bo‘lishingiz mumkin.


Manba:kun.uz
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 2914 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Shohruhxon
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 14:23
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное