Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Bugundan «prava»ni rasmiylashtirish uchun barcha hujjatlar faqat «Yagona portal» orqali qabul qilinadi


Bugundan «prava»ni rasmiylashtirish uchun barcha hujjatlar faqat «Yagona portal» orqali qabul qilinadi 

2022 yil 1 avgustdan haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish uchun barcha hujjatlar faqat my.gov.uz orqali qabul qilinadi.

Avtomototransportlar va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar o‘quv guruhlarini ro‘yxatga olish, haydovchilikka nomzodlardan imtihonlarni qabul qilish uchun hujjatlarni va milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish uchun barcha tegishli hujjatlar faqat YaIDXP (my.gov.uz) orqali taqdim etiladi.

Tadbirkorlik sub’yektlarining o‘quv kurslarini tugatgan haydovchilikka nomzodlardan imtihon qabul qilish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish bundan mustasno.

Ichki ishlar vazirligi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati organlari tomonidan davlat xizmatlarini ko‘rsatish borasidagi faoliyatni monitoring va nazorat qilish quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘lgan avtomatlashtirilgan elektron tizimdan foydalangan holda amalga oshiriladi:

  • avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxslarni DYHXX organlarining avtomatlashtirilgan axborot tizimiga integratsiya qilish orqali o‘quv guruhlaridagi haydovchilikka nomzodlarning dastlabki va yakuniy elektron hisobini yuritish;
  • o‘quv guruhlaridagi haydovchilikka nomzodlarning ta’lim jarayonidagi ishtirokini va yakuniy imtihonlarni nazorat qilib, ta’lim sifatini baholab borish, shu jumladan, haydovchilikka nomzodlarni o‘qishga qabul qilish, guruhdan guruhga o‘tkazish, ro‘yxatdan chiqarish va o‘qishni tugatgani to‘g‘risidagi ma’lumotlar (sertifikat, guvohnoma va boshqalar)ni elektron tarzda olish;
  • avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini berish uchun haydovchilikka nomzodlardan imtihonlarni qabul qilishning elektron navbat tizimini yo‘lga qo‘yish, imtihon topshirayotgan haydovchilikka nomzodlarning shaxsini identifikatsiya qilish hamda ular to‘g‘risidagi elektron ma’lumotlar bazasini shakllantirish;
  • nazariy va amaliy imtihonlarni inson omili aralashmagan holda qabul qilish hamda natijalarini avtomatik tarzda baholash va rasmiylashtirish;
  • haydovchilikka nomzodlarga DYHXX organlari hamda tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar, shu jumladan, imtihonlarni qabul qilish jarayonlarining qonuniyligi, shaffofligi, sifati va samaradorligini baholash hamda ularning reytingini yuritish;
  • milliy haydovchilik guvohnomalarini rasmiylashtirish, shu jumladan, ularni almashtirish yoki yo‘qolgani o‘rniga yangisini olish uchun taqdim etilgan hujjatlarni elektron qabul qilish va ro‘yxatdan o‘tkazish hamda elektron navbatga qo‘yish.


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 638 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Haydovchilik guvophnomasi, Yagona portal, Prava
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 11:24
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное