Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

Burak O'zchivit ishtirokidagi treyler internetni “portlatdi”


“Usmon G'oziy: tug'ilish”ning treyleri butun internetni “portlatib” yubordi. Treyler bir necha daqiqa ichida yuz ming martalab ko'rildi va ko'plab ijobiy izohlarga sabab bo'ldi.

Nafaqat Turkiyada, balki O'zbekistonda ham ko'plab muxlislar orttirgan Burak O'zchivit ishtirokidagi treyler internetni “portlatdi”. Mazkur video virus tarqaladigan tezlikda ommalashdi va bir necha daqiqa ichida yuz ming marta tomosha qilindi. Bu qanday treyler ekan, deb qiziqayotgandirsiz?

Mashhurlikka aylangan treyler uzoq vaqtdan beri kutilayotgan tarixiy serial “Usmon G'oziy: tug'ilish”ning treyleri edi.

Ushbu serialda Burak O'zchivit asosiy rolni ijro etgan. Serialning prodyuseri va ssenariya muallifi Mexmet Bo'zdog' ushbu treylerni internetga qo'yib, turkiyalik muxlislarni rosa quvontirdi. Treyler nafaqat ko'p marta ko'rildi, balki muxlislarning ko'plab izohlariga sabab bo'ldi.

Tomoshabinlar treylerni ko'rishlari bilan “Ertug'rulning o'g'li avvalgidan sezilarli ulg'ayibdi”, degan bo'lsa, yana biri “Usmon Burak O'zchivitning barcha xususiyatlarini olibdi , degan edi. Muxlislar orasida Burakni olqishlaganlar anchagina ko'p bo'ldi. Ulardan ko'pchiligi “Burak O'zchivit xalq sardori roliga juda mos keladi”, deb izoh keltirgan.

Aktyorning deyarli barcha muxlislari “Usmon G'oziy: tug'ilish” serialida aynan Burak O'zchivitni kutishganligini, u o'z rolini qoyilmaqom ijro etganini aytishgan. Birgina treyler shuncha muvaffaqiyatga sabab bo'lgan bo'lsa, serialning o'zi qanday natija ko'rsatar ekan?


VIDEONI KO'RISH


Manba:togri.uz
Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 5513 | Рейтинг: 0| Рейтинг: treyler, ishtirokidagi, internetni portlatdi, Burak O'zchivit
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 18:42
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное