Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » FOYDALI MASLAXATLAR

Burjingizga mos lab bo`yog`i tanlang!



 

Lab bo`yog`i tanlash oson ish emas. Biz terimiz rangi, kayfiyatimiz, libosimiz rangi, kundalik ishlarimizga qarab lab bo`yog`i tanlashga odatlanganmiz. Keling, endigi safar burjimizga qarab tanlov qilsak. Nima dedingiz?! Qani ko`raylikchi, yulduzlar bizga nima maslahat berisharkan!

Hamal: malina rang.  Ushbu burj ostida tug`ilgan ayollarga hayot tuganmas bayramu-shodlikdan iboratdek go`yo. Siz nima xohlayotganingizni aniq bilasiz va bu xohish yo`lida hamma narsaga tayyorsiz. Maymunjon rang lab bo`yog`ini xarid qilishni hoziroq istaklaringiz ro`yxatiga kiritib qo`ying.

Savr: anor rang. Dono, qat`iyatli o`ziga ishongan va buni ko`rsatishdan qo`rqmaydigan ayollarga anor rangli lab bo`yoqlari ayni muddao.

Javzo: to`q o`rmon mevalari rangi. Xuddi xaqiqiy egizaklarday biror yangilikni sinab ko`rish va eski odatlarga sodiq qolish kabi an`analar orasida sarsonsiz. Shuning uchun bir paytning o`zida ham to`q ham reza mevali rangli lab bo`yoqlarini tavsiya etamiz.

Saraton: lavlagi rang. Ko`rinishingizdan juda sirlisiz, ammo qiziqishlaringiz g`oyat ehtirosli (shiddatli). Shunday ekan sizga to`yingan to`q rangli xuddi lavlagidek yonib turuvchi ranglarni tavsiya etamiz.

Asadqizil rang. Siz o`ziga ishongan, yoqimtoy va dangalchi ayolsiz. Pardozingiz uchun to`yingan, lablarda uzoq saqlanuvchi bo`yoqlar mos tushadi.

Sunbula: o`rmon mevalari rangi. Sizdek erkinlikni xush ko`ruvchi va hamisha aql bilan ish tutuvchi xonimlarga sovuq rangli lab bo`yoqlari ayni muddao.

Mezon: mayin-pushti rang. Tarbiyali, orasta va didi nozik sanamlarga mayin-pushti rangli lab bo`yog`i yanada go`zallik bag`ishlaydi. Bunday rang istagan kiyimingizga moslashib ketaveradi.

Aqrab: to`yingan qip-qizil rang. Siz o`ta ziyrak va ishbilarmon ayolsiz. Labingiz tuzilishi va teringiz rangi qanday bo`lsa ham sizga to`yingan qizil rangli lab bo`yoqlari yarashadi.

Qavs: marjon rang. Siz xaqiqiy ovchisiz. Doim ulkan maqsadlar sari odimlaysiz. Bekorga, aynan o`qotar burji ostida tug`ilganlarni qaltis vaziyatlardan cho`chimaydigan, tavakkalchi deb hisoblashmaydi axir. Tejamli, shu bilan bir o`rinda dadil rangli lab bo`yoqlarini xarid qilsangiz  maqsadga muvofiq  bo`ladi.

Jadiy: to`q atigul rang.  O`ta sabrli, sodiq, mas`uliyatli go`zallar aynan shu burj ostida dunyoga keladilar. Yumshoq rangli lab bo`yoqlarini tanlasangiz hech qachon adashmaysiz.

Dalv: qirmizi rang. Isyonkor qiziqishlar, doim birinchi o`rinda bo`lishga intilish, urfga bo`ysinmaslik va kerak bo`lsa o`zi uchun urf yaratuvchi xonimlarga qirmizi kabi ajib rangli lab bo`yoqlari mos keladi.

Hut: yorqin-pushti rang. Siz juda sahiy va yangiliklarni ma`qul ko`ruvchi xonimsiz. Kelasi safar pardoz vositalari bilan tajriba qilsangiz, yorqin pushti rang lab bo`yog`idan foydalanib ko`ring.



Категория: FOYDALI MASLAXATLAR
Просмотров: 6442 | Рейтинг: 2| Рейтинг: Burjlar haqida, lab bo'yog'i
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 21:36
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное