Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » TANQID va TAXLIL

Buxoroda kollej talabalari o'z buvisiga zo'ravonlik ishlatib, uni tunab ketdi


 


Joriy yilning fevral oyida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev raisligida Respublika ichki ishlar idoralari faoliyati, tizimda mavjud muammo va kamchiliklarga bag'ishlab o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida haftaning har payshanbasini “Profilaktika kuni” deb e`lon qilinganligi munosabati bilan yurtimizda, shu jumladan Buxoro viloyatida ham barcha korxona, tashkilot va muassasa xodimlari ishtirokida profilaktik tadbirlar olib borilmoqda. Bu haqda Buxoro IIB "Kun.uz"ga xabar berdi.

Buxoro shahar Politexnika kolleji o'quvchilari tomonidan sodir qilingan bosqinchilik jinoyati Buxoro viloyat IIB mas`ul xodimlari tomonidan muhokama qilindi.

2017 yil 06 aprel kuni Buxoro viloyat IIB xodimlari tomonidan Buxoro Iqtisodiyot va bank kolleji binosida A.Farxutdinov va V.Bajyevlarning Buxoro shahar hududida sodir qilgan bosqinchilik jinoyati shahar hududidagi barcha mahalla fuqarolar yig'ini raislari, ta`limni boshqarish organlari, umumiy o'rta ta`lim maktablari hamda kasb-hunar kollej va akademik litsey direktorlari va ularning o'rinbosarlari shuningdek, Buxoro politexnika kasb-hunar kolleji o'quvchi va o'qituvchilari hamda boshqa mutasaddilar o'rtasida A.Farxutdinov va V.Bajyevlarning ota-onalari ishtirokida atroflicha muhokama qilinib, ushbu mudhish jinoyatning kelib chiqish sabab va sharoitlari ko'rib chiqildi hamda voyaga yetmaganlar va yoshlar o'rtasida shu kabi g'ayriijtimoiy hatti-harakatlarni oldini olish borasida tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Jumladan, 2017 yil 29 mart kuni kech soat 21:30 larda, Buxoro Politexnika kasb-hunar kolleji 3-bosqich o'quvchilari 1998 yilda tug'ilgan, Farxutdinov Alberd Rashidovich va 1997 yilda tug'ilgan Bajyev Vadim Dmitriyevichlar oldindan o'zaro jinoiy til biriktirgan holda bir guruh bo'lib, spirtli ichimlik ta`siridan mast holatda o'zganing mol-mulkini noqonuniy ravishda qo'lga kiritish maqsadida, Buxoro shahar A.Jomiy ko'chasi 5/2-uy 22-xonada yashovchi, 1937 yilda tug'ilgan, V.Bajyevni buvisi Solovyova Galina Fyodorovnaning uyini taqillatib, u eshikni ochgach uy telefonidan qo'ng'iroq qilishga ruxsat berishini so'rab aldab, xona ichkarisiga kirishlari bilan fuqaro G.Solovyovaga hujum qilib, qo'llarida bo'lgan “Silver” nomli 0,7 litr sig'imli aroq idishi (butilka) bilan uning boshiga qasddan urib, yerga yiqilganidan keyin qo'l va oyoqlari bilan yuz va tanasini boshqa joylariga bir necha marotaba qasddan urib, yengil shikast yetkazgan holda hushidan ketkazib, uyning mehmoxonasida turgan divan ostida bo'lgan 400.000 so'm naqd pullarni bosqinchilik yo'li bilan talon-taroj qilib, voqea joyidan yashiringanlar.

Mazkur holat yuzasidan 2017 yil 03 aprel kuni A.Farxutdinov va V.Bajyevlarga nisbatan O'zbekiston Respublikasi JKning 164-moddasi 2-qismi “a,b” bandlari bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olinganlar, tergov harakatlari shahar IIB TB tomonidan olib borilmoqda.

Buxoro viloyat IIB HOOB boshlig'i polkovnik K.M.Radjabov jinoyat sodir qilinishi sabablariga tahlil qilinganida, fuqarolar A.Farxutdinov va V.Bajyevlar Buxoro Politexnika kasb-hunar kollejining 3-bosqichida tahsil olishlari, ammo V.Bajyev dars mashg'ulotlariga kunora qatnashib turishi, A.Farxutdinov esa dars mashg'ulotlariga umuman qatnashmasligi, 2015-2016 o'quv yilida muntazam ravishda dars mashg'ulotlariga qatnashmaganligi uchun kursdan qoldirilganligi, ular jinoyatni tekin boylik orttirish maqsadida sodir qilganliklari aniqlanganligini yig'ilganlar e`tiboriga yetkazdi.

 


Manba:kun.uz
Категория: TANQID va TAXLIL
Просмотров: 4190 | Рейтинг: 0| Рейтинг: bosqinchilik jinoyati, kollej talabalari
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 18:05
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное