Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Buxorolik qiz noqonuniy tuqqan bolasini bo‘g‘ib o‘ldirib, chiqindixonaga tashlab ketdi

Buxorolik qiz noqonuniy tuqqan bolasini bo‘g‘ib o‘ldirib, chiqindixonaga tashlab ketdi. Bu haqda “Huquq” gazetasi xabar bermoqda.
Voqea Kogon tumanida sodir bo‘ldi. Aytilishicha, chekka qishloqlardan birida istiqomat qiluvchi Barno ismli qiz dalada mehnat qilishi asnosida Nizom ismli yigit bilan tanishib qolgan. Ular qisqa muddat uchrashib turishgan. Yigit uni o‘z dalasidagi mavsumiy ishlarga yollagan.
Ammo bir necha oylardan so‘ng munosabatlar tugagan. Barno esa homilador bo‘lib qolganini aniqlagan.
Uzoq oylar mobaynida u ota-onasidan va qo‘ni-qo‘shnilardan bu sirni yashirib yurgan. Oy-kuni yaqinlashganda esa hammomga kirib, farzandni dunyoga keltirgan. Ammo uydagilar go‘dakning ovozini eshitib qolmasligi uchun uni shu yerning o‘zidayoq bo‘g‘ib o‘ldirgan va sumkaga solib, yarim kechasi dala chetidagi chiqindixonaga tashlab ketgan.
Ertasi kuni fermer xo‘jaligining ish yurituvchisi chiqindixonada yangi tug‘ilgan go‘dakning jasadini topib olgan va tegishli idoralarga murojaat qilgan.
O‘z farzandining qotiliga aylangan ayol hibsga olinib, sudga tortilgan.


Manba:kun.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 10391 | Комментарии: 3 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Bola, noqonuniy tuqqan, Buxorolik qiz
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 3
6256373 odam bolasini ishimikin shu tovba tovba tovba....
Like | 0
gulsevar538 yaramas
Like | 0
mirshod23 Bu vaxshiylik
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 22:32
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное