Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Sevgi Iztirobi - Silinmi Hatralar
. Qaqnus - Soundteck (korea)
. Pazanda - Soundtrack
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - piano music soundtreck
. Osiyo-Asi [+ soundreck]
. Yoqotilgan Yillar-Soundtreck2
. Saroy Javohiri - Soundtreck
. Muhabbat tafti - Rabba Ve
. Efir Sirlari - Piano Version
. Ko'ngil bog'i-soundtreck
. Vorislar - Some Other Day (serial korea)
. Sevgi iztirobi - Soundtreck (Turk serial)
. Osiyo-Soundtreck
. Qirolicha - Stakan Version
. Yoz Ifori - Soundtreck
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Chaqalog‘ini 5 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi


Surxondaryo viloyatining Qiziriq tumanida istiqomat qiluvchi Qosimova Ma’rifat Musaevna 2017 yilning 24 noyabr kuni o‘ziga oldindan tanish bo‘lgan Sherobod tumanida yashovchi Xadichev To‘yli Qurbonovich bilan oldindan jinoiy til biriktirib, 2017 yil 6 noyabr kuni tug‘ilgan qizini 5 000 000 (besh million) so‘mga sotayotgan vaqtida Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan jinoyat ustida qo‘lga olindi. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB Matbuot xizmati xabar berdi.

Chaqaloqning onasi biror bir joyda foydali mehnat bilan shug‘ullanmasligi, mahallasidagi yurish-turishi farzandlarining tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganligi shuningdek, muqaddam jinoyat ishlari bo‘yicha Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tuman sudining 2017 yil 26 may kunidagi hukmiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 131-moddasi (fohishaxona saqlash yoki qo‘shmachilik qilish) 2-qismi bilan aybdor deb topilib eng kam oylik ish haqining o‘n baravari miqdoridagi jarima jazosi tayinlangan, mazkur ishi bo‘yicha ehtiyot chorasi sifatida «munosib xulq-atvorda bo‘lish haqidagi tilxat qo‘llanilgan» bo‘lsa-da o‘ziga tegishli xulosani chiqarmagan, shuningdek jinoiy sherigi Xadichev To‘yli ham to‘rtinchi marotaba sudning qora kursisiga o‘tirganligi ilgari xavfli qilmishlari uchun jazo muddatini o‘tab chiqqanligidan to‘g‘ri xulosa chiqarmasdan qayta jinoyat yo‘liga kirganligi uchun, jinoyat ishlari bo‘yicha Surxondaryo viloyat Qiziriq tuman sudining 2018 yil 26 yanvar kuni Qosimova Ma’rifatga nisbatan 5 yil, Xadichev To‘yliga nisbatan 6 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.

Qosimova Ma’rifatning voyaga yetmagan farzandlari — 2008 yilda tug‘ilgan qizi va 2011 yilda tug‘ilgan o‘g‘li Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi 12-sonli «Mehribonlik uyi»ga, 2017 yilda tug‘ilgan sotilmoqchi bo‘lgan qizi Qashqadaryo viloyatidagi bolalar uyiga topshirilishi to‘g‘risidagi odil sudning qarori qabul qilindi.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2841 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Ayol, chaqaloq
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 11:21
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное