Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Chaqalog‘ini o‘ldirib, 3 kun davomida jasadini yashirib kelgan ona jazoga tortildi


Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyati Buvayda tuman sudi tomonidan o‘z farzandining o‘limiga sababchi bo‘lgan ayolga jazo tayinlandi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.

1981 yilda tug‘ilgan ayol birinchi oilasidan ajrashgan, 2 nafar farzand ko‘rgan. Ayol shar’iy nikoh asosida ikkinchi marta turmush qurganida eri boshqa farzand ko‘rishni xohlamasligini aytgan.

Shu sababdan ayol homilador bo‘lib qolganligini bilsa-da, bu haqda hech kimga aytmay yuravergan. Qishloq oilaviy poliklinikasi doyasi homiladorlarga xos belgilarni mutaxassis sifatida sezib, ko‘cha-ko‘yda bir necha marta undan hol-ahvol so‘raydi. Ammo ayol undan haqiqatni yashirgan.

2018 yil 1 fevralda uyda bir o‘zi qolgan ayol hech kimning yordamisiz hojatxonada o‘g‘il farzandni dunyoga keltirgan. Ayol uni parvarish qilmay, o‘zining kiyimi bilan chaqaloqning butun tanasi va yuz qismini o‘rab, harorati sovuq bo‘lgan xonaga yashirib qo‘yishi natijasida chaqaloq vafot etgan.

Ayol uyida jasadni 3 kun hech kimga bildirmay saqlab kelgan. 3 kundan so‘ng poliklinika doyasi voqeadan xabar topgan va ayol qo‘lga olingan.

Sudda ayblanuvchining turmush o‘rtog‘i, uning o‘gay o‘g‘li, uchastka hamshirasi va bir qancha guvohlarning ko‘rsatmalari tinglangan.

Sudlanuvchi Jinoyat Kodeksining 99-moddasi (onaning o‘z chaqalog‘ini qasddan o‘ldirishi) bo‘yicha aybdor deb topildi va unga tegishli jazo tayinlandi.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 7533 | Рейтинг: 0| Рейтинг: ONA, jazoga tortildi, chaqaloq
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 15:22
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное