Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Chempion yigit Kamoliddin Rasulov o‘limida ayblanayotgan shaxs kurashchi Sherali Jo‘rayev bilan ham adovatda bo‘lgan

Marhum sportchi, 2012-yilda o‘tkazilgan sambo bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionati g‘olibi Kamoliddin Rasulov o‘limi yuzasidan 2022-yilning 8-fevral kuni boshlangan sud majlisi 18-fevral kuni soat 14:30 da o‘z ishini davom ettirdi, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri.

Sudda sportchi o‘limida ayblanayotgan Sh.T.ning akasi guvoh sifatida so‘z olib, ukasi kurashchi Sherali Jo‘rayev bilan adovatda bo‘lganini bilishini, ammo marhum bilan qarama-qarshilikka borib qolganidan xabari yo‘qligini ma’lum qildi.

Sudda jabrlanuvchining himoyachisi Bahrom Abdunazarov guvoh Ya.T.ga yuzlanib, birinchi sud majlisida qotillikda ayblanayotgan Sh.T. akasining marhum Kamoliddin Rasulov bilan ziddiyatga borganidan xabari borligini aytganini eslab, ukasining gaplarini tasdiqlashi yoki inkor etishini so‘radi. Guvoh Ya.T. savolga javob berar ekan, ukasining kurashchi Sherali Jo‘rayev bilan adovati boriligini bilishini, ammo marhum Kamoliddin Rasulov bilan qarama-qarshilikka borib qolganidan xabari yo‘qligini bildirdi.

Sudda guvoh Ya.T. tilga olgan Sherali Jo‘rayev 2018-yil prezident sovrini uchun o‘tkazilgan milliy kurash bo‘yicha xalqaro musobaqa g‘olibi hisoblanadi.

Guvohga savol berishda davom etgan advokat Bahrom Abdunazarov unga ukasining tobi qochgani sabab Toshkentga uch marotaba kelib, shifoxonalarga ko‘ringanini aytganini eslatib: “Buni tasdiqlovchi tibbiy ma’lumotlar bormi?”, deb so‘radi. Guvoh Ya.T. esa ayni paytda yonida yo‘qligini, agar lozim bo‘lsa sudga hujjatlarni taqdim etishini aytdi.

Advokat, shuningdek, guvoh Ya.T.ning voqea joyiga qachon borgani bilan qiziqib, ukasi bilan “dom”dan birga chiqqan yoki chiqmaganini so‘radi. Savolga javob bergan Ya.T. “dom”dan ukasidan so‘ng, taxminan, 15 daqiqadan so‘ng chiqqanini, so‘ngra uning ortidan borganini, borganida esa qotillik sodir bo‘lib o‘tganini aytgan bo‘lsa, yana bir guvoh — voqea joyida bo‘lgan haydovchi E.N. esa Ya.T. uydan ukasi bilan ketma-ket ikki daqiqadan o‘n daqiqagacha bo‘lgan vaqt davomida chiqqanini bildirdi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq marhumning bevasi erining o‘limida sudga guvoh sifatida taklif qilingan Ya.T.ning ham qo‘li borligini aytgani, guvoh Ya.T. esa ukasini izlab uning ortidan chiqqan paytda barcha voqealar sodir bo‘lib o‘tgani, qotillik voqeasi aynan qanday sodir bo‘lganini ko‘rmagani haqida xabar qilingandi.

Sud ishida 2022-yilning 25-fevral kuni soat 14:30 gacha tanaffus e’lon qilindi.

Sambo bo‘yicha jahon chempioni 29 yoshli Kamoliddin Rasulov 2021-yilning 13-sentabr kuni soat 21:30 da Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi ko‘p qavatli uylar oldida boshqa bir sportchi tomonidan pichoqlab o‘ldirilgandi. Bosh prokuratura axborot xizmatining rasmiy ma’lumotida chempion yigitning pichoqlanishiga uning gumonlanuvchi tanishiga “Humo Trop” vitaminini tavsiya qilgani, oqibatda esa gumonlanuvchining sog‘lig‘i yomonlashgani, shifokorlar bu kasallikning davosi yo‘qligini bildirgani xabar berilgandi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tuman sudida so‘z olgan guvoh ham tanishi, sudda ablanuvchi sifatida ishtirok etayotgan Sh.T. marhum Kamoliddin Rasulov tavsiya qilgan vitaminni aytilgan miqdordan ko‘ra ko‘proq iste’mol qilgani sabab sog‘lig‘i yomonlashganini, kechalari issig‘i chiqib, uxolomaydigan bo‘lib qolganini aytdi.  Voqea sodir bo‘lgan kuni pichoqdan jarohatlangan sportchini ikki kishi quvlab ketayotganini jamoatchilikka oshkor qilgan “Markaziy studiya” ko‘rsatuvi muxbiriga intervyu bergan noma’lum suhbatdosh esa vitaminni qabul qilgan sportchiga shifokorlar endi o‘lasan, deb aytishganini, sportchi shu sabab men o‘lsam, uyam o‘ladi, deya marhumni pichoqlaganini aytgandi.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 1653 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Kamoliddin Rasulov
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 18:35
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное