Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Qor Alangasi - Soundtreck [Offical]
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Sensizlik
. Soundtreck-Великолепный Век
. Великолепный Век-Soundtreck 2
. Saroy Javohiri-Soundtreck6
. Muhabbat tafti - Rabba Ve
. Ishq Jodusi - Enticing Trick
. Malikam Endi qara - Ask Laftan
. Titanik-soundtreck
. Yoz Ifori - Soundtreck
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Promise
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Ziyoda-Super Qaynona [soundtreck]
. Vorislar - Narin ne (serial korea)
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Lyn My Destiny
Главная » Файлы » SEVGI DUNYOSI

Dadamni yomon ko‘raman…


Yaqinda onam bilan suhbatlashayotgan qo‘shni ayolning alamli, iztirobli so‘zlari dilimni o‘rtadi. U kishining turmush o‘rtog‘i ichkilikka berilgan. 7-sinfda o‘qiydigan qizi bor.

Kunlarning birida qizi sinfdosh do‘stlari bilan maktabdan qaytayotgan ekan. Yo‘lda otasini oyoqda tura olmas darajada mast holda uchratib qolibdi. Avvaliga qizi va uning dugonalariga o‘rinsiz, ma’nisiz “nasihatlar” qilibdi.

– Mayli, onangga aytib qo‘y. Bugun kech boraman. Kutmanglar, – debdi chayqala-chayqala yo‘lga tushib. Shu payt oyog‘i chalishib, sal naridagi ariqqa yiqilibdi. Ust-boshi loyga belangan bir holatda o‘rnidan turib, yo‘liga ravona bo‘libdi. Yo‘l-yo‘lakay yomon so‘zlar bilan kimnidir haqoratlar, o‘zicha baqirib-chaqirarmish.

– Qizim o‘sha kuni uyga yig‘lab keldi, – derdi ona sho‘rlik. “Otamni yomon ko‘raman. Dugonalarim oldida sharmanda qildi. Nega mening otam unaqa?!”, deb o‘ksindi. Tun bo‘yi uxlamadi. Ertalab tuz ham totmay o‘qishga ketdi.

Qo‘shni ayolning so‘zlaridan o‘yga toldim. Ichkilikka ruju qo‘yganlar o‘zlarinigina emas, farzandlari, oila a’zolarini ham uyatga qo‘yayotganliklarini bilisharmikan? Axir ota farzand sha’ni, kelajagi uchun mas’ul emasmi? Ota-onani tanlab ham, almashtirib ham bo‘lmaydi-ku! Farzand – odamning ertangi kuni. Inson qonida bolajonlik, farzandlariga mehr-shafqat tuyg‘usi shuning uchun ham bor. Nosog‘lom muhitda ulg‘aygan farzandlar taqdiri ertaga qanday kechadi?

Munisa AShIRMATOVA

«Jomboy tongi» nazetasidan.




Eslatib o‘tamiz, xar yakshanba muxlislar kuni bo‘lib, o‘z muammo yoki ko‘ngil kechinmalari bilan bo‘lishib, keng omma bilan xal qilishga imkoniyatingiz bor.
tarona.net@bk.ru pochtasiga voqea yoki muammoingizni yozib yuborishingiz yoki @TaronaSupportBot manziliga telegramdan voqeangizni yuborishingiz mumkin.
Bunda sizni telefon raqamingiz ko‘rinmasligi va sizni voqeangiz anonim tarzda chop etilishiga kafolat!
Diqqat! Saytga chop etilib bo‘lingan maktub keyin talabga binoan olib tashlanilmaydi!
Voqeangiz sayt orqali keng ommaga chiqishi va xalqdan turli maslaxatlar bo‘lishini bilib turib jo‘natdingizmi, o‘zingiz kutmagan va yoqtirmagan maslaxatni olib keyin olib tashlang deyish mantiqsiz!
Категория: SEVGI DUNYOSI
Просмотров: 7756 | Рейтинг: 0| Рейтинг: yomon, Dadam
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 22:08
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное