Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Qirolicha - Soundtreck (Bidam Love)
. Kuz ertagi-soundtreck 2
. Qo'rqmas - soundtreck 2
. Ishq Jodusi-soundtreck
. Великолепный Век-Soundtreck 2
. Pazanda - Sad Love
. Qirolicha - Soundtreck (Mishel xonim)
. Ishq Jodusi - Enticing Trick
. Pazanda - Soundtrack
. Osiyo-Soundtreck
. Qalbim Chechagi-soundtreck
. Shamollar Mamlakati - soundtreck 2 (korea)
. Qirolicha - Soundterck
. Ko'sem - Serial fon (Turk serial)
. Yoz Ifori-Soundtreck
Главная » Файлы » SPORT YANGILIKLARI

Dahshat! Turkiyalik futbolchi 5 yashar o‘g‘lini bo‘g‘ib o‘ldirdi

"Bursa Yildirim Spor" havaskorlar klubi tarkibidagi turk futbolchisi Sevxer Toktash besh yoshli o‘g‘lini o‘ldirganini tan oldi. Bu haqda Daily Sabah xabar bermoqda.

Turkiya Superligasi klublaridan birining sobiq o‘yinchisi o‘g‘lining o‘limidan 11 kun o‘tgach, qilmishini tan oldi. Toktashning o‘g‘li COVID-19 shubhasi bilan kasalxonaga yotqizilgandi. 32 yoshli sportchi bola yo‘talib, isitma boshlaganidan keyin shifokorlarni chaqirib, u bilan birga kasalxonaga yo‘l olgandi.
23 aprel kuni futbolchi o‘g‘lining nafas olishida muammolar borligini aytib, shifokorlarni palataga chaqiradi. Shifokorlar bolaning hayotini saqlab qola olmaydilar. Koronavirus infeksiyasi bilan og‘rigan bemorlarga xos bo‘lgan alomatlarni hisobga olgan holda, shifokorlar ushbu kasallik bolakayning o‘limiga sabab bo‘lgan deb hisoblashadi. Toktashning o‘zi esa keyinchalik polisiyaga murojaat qilib, aybiga iqror bo‘lgan.
Futbolchining aytishicha, u o‘g‘lini palatada yolg‘iz qolganda yostiq bilan bo‘g‘ib o‘ldirgan. Erkak buni farzandini hech qachon yaxshi ko‘rmagani bilan izohladi. O‘z navbatida otada ruhiy jihatdan muammo borligi tasdiqlanmadi.
Polisiya Toktashni hibsga oldi — sportchi qotillik uchun sud qilinadi. U umrbod qamoq jazosiga hukm etiladi.


Manba:aniq.uz
Категория: SPORT YANGILIKLARI
Просмотров: 4934 | Рейтинг: 0| Рейтинг: o'ldirdi, Turkiyalik futbolchi, dahshat
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 13:36
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное