Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Dahshat! Uch oylik bolaning bahosi 500 ming so‘mmi?


Toshkent viloyatining Qibray tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ayol kishining o‘z bolasini sotishi bilan bog‘liq holatining oldi olindi.

Bir guruh fuqarolar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat etib, Qibray tumanida yashovchi ayol o‘z farzandini begona shaxslarga 1000 AQSh dollariga sotmoqchi bo‘lib yurganini xabar qilgan.

Xabarga asosan zudlik bilan mazkur holatning oldini olishga qaratilgan tezkor tadbir o‘tkazilib, tumanda yashovchi 27 yoshli M.Ismoilova iyun oyida tug‘ilgan, uch oylik o‘g‘lini 500 ming so‘m evaziga sotayotgan vaqtda qo‘lga olindi. Bu haqda Toshkent viloyati prokuraturasi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Hozirgi vaqtda jinoyat sodir etilishi sabablari aniqlanmoqda.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Zohirshoh Jo‘raev



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 5823 | Рейтинг: 0| Рейтинг: uch oylik bola
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 12:05
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное