Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Dam olish kuni O‘zbekiston bo‘ylab qanday ob-havo kuzatiladi?


Gidrometeorologiya xizmati markazining xabar berishicha, 21 iyul kuni O‘zbekiston bo‘ylab havo harorati o‘zgarib turadi. Marhamat, ertangi ob-havo ma’lumoti bilan tanishing.

Ertaga Toshkentda havo bulutli bo‘lishi mumkin. Harorat kunduzi +37... +39, kechasi esa +21... +23 daraja bo‘ladi. Shamol sharqdan soniyasiga 3-8 metr tezlikda esadi.

Farg‘ona, Namangan va Andijonda kunduzi harorat +34... +39, kechasi esa +20... +25 darajada bo‘lishi kutilmoqda. Shamol sharqdan soniyasiga 3-8 metr tezlikda esib turadi.

Samarqand, Jizzax va Sirdaryoda havo o‘zgarib turadi. Harorat kunduzi +35... +40, kechasi esa +20... +25 bo‘lishi aytilmoqda. Shamol sharqdan soniyasiga 3-8 metr tezlikda esadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bulutli bo‘lishi kutilmoqda. Harorat kunduzi +36... +41, kechasi +22... +27 daraja bo‘ladi. Shamol sharqdan soniyasiga 3-8 metr tezlikda esishi kutilmoqda.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bulutli bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati kunduzi +36... +41, kechasi +24... +29 daraja bo‘ladi. Shamol sharqdan soniyasiga 3-8 metr tezlikda esadi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ham havo o‘zgarib turadi. Havo harorati kunduzi +36... +41 daraja, kechasi esa +22... +27 darajaga ko‘tarilishi kutilmoqda. Shamol sharqdan soniyasiga 3-8 metr tezlikda esib turadi.

Akmal Eshonxonov



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 1956 | Рейтинг: 0| Рейтинг: ob-havo
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 07:55
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное