Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Davlat Test Markazi Apellyatsiya natijalarini e’lon qildi


O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalari bakalavriatiga talabalarni qabul qilishda o‘tkazilgan test sinovlari natijalari bo‘yicha berilgan murojaatlar 2017 yilning 15 avgust kunidan boshlab 4 sentyabrga qadar test natijalaridan norozi bo‘lgan 4001 nafar abiturientlardan arizalar qabul qilindi.

 

Arizalar joriy yilning 18 avgust – 18 sentyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2017 yil 14 avgustdagi 6-son bayoni bilan tasdiqlangan fan ekspert guruhlari a’zolari tomonidan bevosita apellyatsiya shikoyatini bergan abiturientlar ishtirokida ko‘rib chiqildi.

Ariza bergan jami abiturientlarning 657 nafari apellyatsiya jarayoniga kelmadi, 248 nafarining hujjatlarida kamchiliklar mavjudligi sababli, apellyatsiya arizalari ko‘rib chiqilmadi, 1 nafar abiturient apellyatsiya o‘tkazish tartibini buzganligi sababli, jarayondan chetlashtirildi.

Ko‘rib chiqilgan arizalar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi va Ta’lim muassasalariga qabul bo‘yicha Davlat komissiyasiga taqdim etildi, bu haqda DTM Axborot xizmati xabar berdi.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 5842 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Davlat test markazi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 20:28
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное