Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Davron Kabulov hamkasblaridan biriga Boja bo‘ldi

Kecha, 23 may kuni Toshkent shahridagi “Mumtoz” to‘yxonasida boshlovchi Davron Kabulovning nikoh to‘yi bo‘lib o‘tdi. To‘y kutilgan va kutilmagan hodisalarga boy tarzda o‘tdi. 
O‘zbekiston xalq artisti Farruh Zokirov ijrosidagi “Kelibdi” qo‘shig‘i sadolari ostida kelin E’zozaxonning yakka o‘zi to‘yxonaga kirib keldi. Bu holatdan yig‘ilganlar hayratga tushib ulgurmasidanoq Davron Kabulov mikrofonni olib, xonanda Jo‘rabekning “Bor bo‘lgim kelar” qo‘shig‘ini ijro etdi. Kuyovbolaning o‘z to‘yida qo‘shiq ijro etishi kutilmagan holat bo‘ldi. 
To‘yga o‘zbek shou-biznesining eng taniqli vakillari tashrif buyurdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. O‘zbekiston xalq artistlari Farruh Zokirov, Yulduz Usmonova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Sardor Rahimxon, Ziyoda, Rayhon G‘aniyeva, xonandalar Shahzoda, Oybek va Nigora, VIA Sharq, aktyorlar Adiz Rajabov, Alisher Uzoqov, Ulug‘bek Qodirov, aktrisalar Shahzoda Matchonova, Sitora Farmonova, Rayhon Ulasenova... Xullas, bu qatorni uzoq davom ettirish mumkin. 
Blogger Sardor Komilovning ma’lumotlariga ko‘ra, Davron “Afruz” guruhi yakkaxoni Jamshid bilan boja bo‘lgan. 
Fursatdan foydalanib, tahririyatimiz ijodkorlari nomidan ikki yoshga baxt tilab qolamiz!


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 23830 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Davron Kabulov
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 21:05
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное