Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » Bollewood (Xindiston yangiliklari)

Deepika Padukone: «Yoqtirmaganing doim peshonangda...»


Aziz mushtariylar! Siz uchun juda ham qiziqarli bo‘lgan Bollivud olami hamda uning bir-biridan mahoratli aktyor va aktrisalarining ijod namunalari haqida berib borilayotgan maqolalarimiz sizga qanchalik manzur bo‘lganligi haqida fikr-mulohazalaringizni, albatta kutib qolamiz.

Bu galgi maqolamiz orqali iste’dodli Bollivud aktrisasi Deepika Padukone yangi loyiha ustida ishlayotgani haqidagi so‘nggi ma’lumotlarni siz azizlarga taqdim etish niyatidamiz.

Agar ushbu aktrisaning ijodiga qiziqib boruvchilardan biri bo‘lsangiz, uning so‘nggi muvaffaqiyatli filmlaridan biri bo‘lgan «Padmaavat» (Padmavati) filmida Raval Ratan Singx rolini ijro etish uchun Viki Kaushal bilan uchrashgan hamda aktrisa bu sheriklikni rad etgani haqida ma’lumotga egadirsiz. Viki Kaushalning rad etilishidan so‘ng bu rolni Shahid Kapur ijro etgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Deepika keyingi rolini Shakun Batraning ijodiy jamoasi bilan birgalikda suratga olinadigan yangi filmda ijro etmoqchi. Ushbu film syujeti ikki er-xotin va ularning oilaviy muammolari asosida tuzilgan. Hozirda yangi film ijodkorlari bosh rol ijrosi uchun Deepikaga sherik qidirishmoqda.

Aytishlariga qaraganda, bosh rol ijrochilari sifatida yana o‘sha Deepika rad etgan Viki Kaushal yoki Siddxant Chaturvedilar bilan bog‘lanib ko‘rilyapti. Biroq aktrisa o‘zi xohlamagan aktyor bilan rol ijro etishga rozi bo‘larmikan? Aktrisaning yangi film ssenariysi haqidagi xulosalari juda yaxshiligi uning o‘zi tomonidan tan olingan. Voqealar rivojini biz bilan kuzatib boring!



Manba:zamin.uz
Категория: Bollewood (Xindiston yangiliklari)
Просмотров: 3054 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Deepika Padukone
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 17:05
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное